Guantanamodan ozod etilgan to'rt afg'on yurtiga jo'natildi

  • Amerika Ovozi

Guantanamo qamoqxonasi

Guantanamo qamoqxonasi

Qo'shma Shtatlar Kubadagi Guantanamo harbiy qamoqxonasidan to'rt afg'on mahbusni ozod etib, vataniga yubordi.

Shu paytgacha terrorchilikda gumon qilingan mahbuslar o'z yurtida qiynoqqa solinishi mumkinligidan tashvishlangan AQSh ularni uchinchi mamlakatlarga yuborayotgan edi.

Ammo Amerikaning Kobuldagi elchixonasi bayonotida aytilishicha, Qo'shma Shtatlar Prezident Ashraf G'ani boshliq yangi hukumatga to'liq ishonadi va ozod etilgan mahbuslarga insoniy muomala qilinishiga umid bildiradi.

Dekabr oyi boshida Guantanamoda bir necha yil saqlangan olti kishi ozod etilib, Urugvayga yuborilgan. Barak Obama prezidentlikka saylanayotganida Guantanamoni yopishga so'z bergan edi. O'shanda qamoqxonada mahbuslar soni 242 ta bo'lgan bo'lsa, bugunga kelib 132 odam qolgan, aksariyati Yamandan.

Qo'shma Shtatlar aybi isbotlanmaganlarni ozod etmoqda. Ayni damda Yamanda siyosiy vaziyat beqaror ekan, AQSh ularni yurtiga jo'natmoqchi emas.

Qamoqxona 2002-yil yanvaridan beri ishlaydi.

Barak Obama va'dasining ustida turishini bugun yana bir bor eslatdi. Uning aytishicha, qamoqxonadagi har bir mahbus AQShga millionlab dollarga tushmoqda.

"Qamoqxona dunyo bo'ylab jihodchi va ekstremistlarni ruhlantirmoqda", - deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG