Afg'onistonda xurujlar; AQSh-Pokiston hamkorlikni kuchaytirish niyatida

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda xurujlar; AQSh-Pokiston hamkorlikni kuchaytirish niyatida

Afg'onistonda xurujlar; AQSh-Pokiston hamkorlikni kuchaytirish niyatida

Afg'on rasmiylarining aytishicha, bugun sharqdagi Paktiya viloyatida jangarilar yo'l qurayotgan ishchilarga hujum qilib, kamida 35 kishini o'ldirgan, 20 nafari yaralangan. Qurilishni qo'riqlayotgan xavfsizlik kuchlari javob o'qi qaytarib, sakkiz tolibni yo'q qilgan.

Shimoldagi Taxar viloyatida esa NATO hujumiga norozilik bildirib, aholi namoyish qilgan. Afg'onlar koalitsiya o'qidan oddiy odamlar o'lgan desa, NATO jangarilarni nishonga olganini aytmoqda.

Bu o'rtada AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus elchisi Mark Grossman va Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktorining o'rinbosari Maykl Morell bugun Islomobodda Pokiston rasmiylari bilan darz ketgan aloqalar istiqbolini muhokama qilgan.

Bir necha kun burun AQSh Senati Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi Jon Kerri ham Pokiston prezidenti va bosh vaziri bilan uchrashgan edi. Bir necha kundan so'ng esa Davlat kotibasi Xillari Klinton bu mamlakatga tashrif buyuradi.

Ikki tomonlama munosabatlar 2-may kuni Pokistonda Amerika maxsus kuchlari Osama bin Ladenga qarshi operatsiya o'tkazgach, sovuqlashgan edi. AQShda ba'zilar Pokistonni bin Ladenga o'z hududida boshpana berganlikda ayblasa, rasmiy Islomobod bunday da'volarni inkor etgan holda Amerika harakatlarini o'zboshimchalik deya baholab, kelajakda bu kabi harakatlarga qarshi chora ko'riladi, deb do'q-po'pisa qilgan.

Al-Qoida 2-may kuni AQSh operatsiyasi natijasida o'lgan rahbari Osama bin Ladenning o'limidan oldin qoldirgan audio murojaatini chiqarвш. Islomiy veb-saytlarga qo'yilgan 12 daqiqali murojaatda bin Laden Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi inqilobiy jarayonlarni olqishlab, xalqni zolim diktatorlarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirgan.

"Misr va Tunisdagi voqealar musulmon dunyosining boshqa mamlakatlariga ham tarqaladi degan umiddaman", deyiladi marhum terrorchi bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG