G'arbiy Afrika davlatlari ebola virusiga qarshi chora ko'rmoqda

  • Amerika Ovozi

"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti xodimlari Kaylaxunda ebolaga qarshi kurash markazida maxsus kiyim kiymoqda, Syerra-Leone, 20-iyul, 2014-yil

"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti xodimlari Kaylaxunda ebolaga qarshi kurash markazida maxsus kiyim kiymoqda, Syerra-Leone, 20-iyul, 2014-yil

Syerra-Leone prezidenti Ernest Bey Koroma ebola virusi epidemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat joriy etdi.

Davlat rahbarining xalqqa murojaatida aytilishicha, hukumat virus aniqlangan rayonlarda karantin e’lon qilgan, odamlarning ommaviy yig’ilishi man etilgan, uyma-uy yurib, virusga chalingan odamlar aniqlanmoqda, asosiy aeroportda yo’lovchilarga maxsus qoidalar e’lon qilinmoqda. Favqulodda holat 2-3 oy atrofida saqlanib turadi.

Syerra-Leone prezidenti ertaga Gvineyaga borib, Gvineya va Liberiya rahbarlari bilan vaziyatni muhokama qiladi.

Bu mamlakatlar ham ebola epidemiyasiga chalingan. Fevral oyidan beri bu uch davlatda 729 odam bu virusdan o’lgan. G’arbiy Afrika bo’ylab esa jami 1323 odam nobud bo’lgan.

Kasallikning oldini olish va davolash uchun vaksina va dori yo’q hozircha. 90 foiz hollarda virus o’limga olib keladi. Unga chalingan odamning isitmasi ko’tariladi, ko’ngli ayniydi, qusadi, ichi o’tadi, tanasi og’riydi, ko’zi, qulog’i va burnidan to’xtovsiz qon oqadi.

Ebola kasal odamning qoni yoki so’lagidan yuqishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG