AQSh Afrikaga sarmoyani oshiradi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Afrika do'konlarida

Janubiy Afrika do'konlarida

AQSh rasmiylari 100 dan ziyod kompaniya vakillari bilan birgalikda Afrikaga bordi. Maqsad – qit’adagi sakkiz eng katta iqtisodga ega mamlakat, shu jumladan Janubiy Afrikada savdo-sotiq va sarmoya istiqbollarini o’rganish.

Delegatsiya tarkibida Amerikaning 108 kompaniyasining 154 vakili bor. Ular Angola, Jazoir, Gana, Keniya, Mozambik, Nigeriya, Tanzaniya va Janubiy Afrikada bo’ladi.

Prezident Barak Obama qit’a bilan savdo-sotiqni rivojlantirishni tashqi siyosatning ustuvor yo’nalislaridan biri etib belgilagan.

Afrika mamlakatlarida Xitoy kompaniyalari mustahkam o’rnashib bo’lgan. Amerika investitsiya qilmoqchi bo’lsa, bir marta kelib-ketish yetarli emas, deydi Teo Josias. U Janubiy Afrikada joylashgan “Sizwe Ntsaluba Gobodo” sarmoya konsalting firmasini boshqaradi. Amerika kompaniyalari energetika va infratuzilma kabi sarmoyalarga muhtoj sohalarni aniqlab olishi kerak, deydi eskpert.

“Afrikadagi og’ir ahvol sarmoyadorlar uchun ulkan imkoniyatlarni hozircha biroz cheklab qo’ygan. Hukumatlar sarmoya kiritmoqchi bo’lganlar uchun imtiyozlar yaratadi. Bu hududga kompaniyalar kelsin, sarmoyalar kelsin, deydi”.

Josiasning aytishicha, AQSh kompaniyalari Afrikada yaxshi o’rnashib olgan xorijiy raqiblarning zaif tomonlarini o’z foydasiga o’girishi kerak.

AQSh Tijorat vaziri o’rinbosari Markus Jadot - delegatsiya rahbari.

“Afrikadagi manfaatlarimiz uzoq kelajakni mo’ljallaydi. Kompaniyalarimiz texnologiya sohasida birinchi. Biz mahalliy mutaxassislar malakasi oshishini xohlaymiz, infratuzilmani rivojlantiramiz, biznes yuritayotgan hududlar aholisi foydasi haqida qay’g’uramiz,” - deydi rasmiy.

Amerika kompaniyalari Afrika mamlakatlarida ancha faol. Masalan, Janubiy Afrikada 600 ga yaqin. Ularda minglab mahalliy mutaxassislar ishlaydi.

Jadotning aytishicha, bu ko’rsatkichlarni yanada oshirishga qaratilgan jadal qadamlar qo’yilmoqda. AQSh Tijorat vazirligi Afrikadagi vakillar sonini ikki baravar ko’paytirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG