Vashington Afrikaga bir necha milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Amerika Ovozi

Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtonda Afrikada taraqqiyot va imkoniyat forumida. 4-avgust, 2014-yil.

Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtonda Afrikada taraqqiyot va imkoniyat forumida. 4-avgust, 2014-yil.

Qo’shma Shtatlar Afrikaga bir necha milliard dollarlik sarmoya ajratadi. Bugun Vashingtonda ish boshlagan uch kunlik Afrika sammitida ushbu mintaqaning ellik davlatidan rahbarlar qatnashayapti.

Yig’in paytida AQSh qit’ada salkam bir milliard dollarlik biznes loyihalar, tinchlikparvar missiyalar uchun ko’proq moliya, oziq-ovqat yordami uchun yana bir necha milliard dollar ajratishini e’lon qiladi.

Davlat kotibi Jon Kerri mehmonlarni kutib olar ekan, erkin bozor qoida va qadriyatlarini e'zozlashga undadi.

Xitoy, Yevropa va Yaponiya ham Afrikaga sarmoyani oshirib kelayapti. Lekin Oq uy Afrika sammitini Xitoyning qit’aga e’tibori oshganiga javob deya ta’riflashdan bosh tortmoqda.

Afrikadagi qator davlatlarda iqtisodiy o’sish kuzatilsa-da, Amerika bizneslari regionga investitsiya kiritishda ikkilanadi. Sammit G’arbiy Afrika mamlakatlari o‘limga yetaklovchi Ebola virusi bilan olishayotgani bir paytda o’tayapti.

Qo'shma Shtatlar kasallikka qarshi kurash uchun G'arbiy Afrikaga 50 nafar mutaxassisini safarbar etmoqda. Ular shu oy oxirida Gvineya, Siyerra-Leone va Liberiyada ish boshlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG