Yoshlar kelajakka ishongani uchun vatanga qaytmoqda

  • Amerika Ovozi

Angoladagi Lubango kasalxonasi

Angoladagi Lubango kasalxonasi

Afrikaning oliy ma’lumotli, iqtidorli yoshlari azaldan G’arb yoki Osiyo mamlakatlarida ish topishni ma’qul ko’rgan. Lekin so’nggi payt bu tendensiya o’zgarayotgani ko’zga tashlanadi. Xorijda tahsil olgan yoshlar vataniga qaytishni afzal ko’rmoqda. Xo’sh, nima sababdan?


19 yoshli marokashlik talaba Reda Merdiy Yoxannesburgdagi Afrika liderlari akademiyasini bitirish arafasida. So’ngra yozda AQShdagi Pennsilvaniya universitetida xalqaro munosabatlar va biznes yo’nalishi bo’yicha o’qishini boshlaydi. Lekin Amerikada qolmoqchi emas.

“Bugun Afrikada ishlash qiziqroq. Imkoniyatlar ko’p, ish joylari ham. Ter to’ksa muvaffaqiyatga erishadi odam. Qit’ada katta o’zgarishlar ro’y berayapti”, - deydi talaba.

Xalqaro valyuta jamg’armasi va Jahon bankiga ko’ra, ayni damda iqtisodi jadal o’sayotgan 10 mamlakatdan yettitasi aynan shu qit’ada joylashgan. Afrikaning rivojlanayotgan davlatlari yuqori malakali ishchi kuchiga muhtoj.

Masalan, Nigeriya malakali kadrlarni saqlab qolish bo’yicha 2008-yilda dunyoda 112-o’rinda turar edi, endi esa 48. Janubiy Afrika bu reytingda 72-pog’onadan 48-ga, Gana esa 125-dan 53-o’ringa ko’tarildi.

Yana bir raqam: Amerika va Yevropaning eng zo’r universitetlarida biznes boshqaruvi bo’yicha magistraturani bitirayotgan afrikalik talabalarning 70 foizi vataniga qaytish niyatida.

“O’z tajribamga asoslanib haqiqiy o’zgarish bo’layotganini aytishim mumkin”, - deydi Rebekka Xarrison, Afrikada menejerlarni tayyorlash tashabbus guruhi rahbari.

“Biz Amerika va Yevropaning yetakchi biznes maktablari bilan aloqa o’rnatganmiz. U yerda ochilgan Afrika klublari qit’aga qiziqqan, kelajakda shu yerda ishlamoqchi bo’lgan yoshlarni birlashtiradi. Ularning a’zolari soni yil sayin oshib bormoqda”, - deydi Xarrison.

Afrika liderlari akademiyasi (ALA) boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida ta’sis etilgan. Ariza berganlarning uch foizigina bu yerda o’qishga qabul qilinadi.

Akademiya asoschilaridan biri Fred Svaniker o’quv dasturini ishlab chiqqan. Xorijda o’qishni bitirgan talabalarni uyga qaytishga undaymiz, ular uchun imkoniyatlar mo’l bo’lishi kerak, deydi u.

((ACT 3 - SWANIKER))
“Yondashuvimiz shundan iboratki, yoshlar vatanga qandaydir majburiyat yoki biz so’rayotganimiz uchun emas, balki imkoniyat borligi uchun, kelajakka ishongani uchun qaytsin”, - deydi Svanker.

Masalaning moliyaviy tarafi ham bor. Talabalar chet elda o’qish uchun hukumatdan kredit oladi. Yoshi 25 ga kirmay turib vataniga qaytsa va 10 yil ishlab bersa, kreditni qaytarish shart emas. Aks holda, qarzni foizi bilan to’lashi kerak.

Ammo birituvchilarni jalb qiladigan eng katta omil bu – imkoniyatlar.

((ACT 4 - SWANIKER))
“Tadbirkorlar uchun Afrika - jannat makon, ochilmagan dunyo. Sem Uolton, Bill Geyts yoki Stiv Jobsdek shaxsga aylanish o’z qo’lingizda”, - deydi Afrika liderlari akademiyasi asoschisi.

Talaba Reda Merdiyga bu fikr ma’qul.

((ACT 5 - MERDI))
“Men biznes sohasiga qiziqa boshlaganimda, faqat Nyu-York yoki Londonda zo’r bankir bo’lish mumkin deb o’ylardim. Lekin akademiyada o’qib, qarashlarim o’zgardi”, - deydi u.

Iqtisodiy o’sish sharofati bilan Afrika intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishga erishyapti. Yosh avlodni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ular kuchidan samarali foydalanish hukumatlar zimmasida, deydi ekspertlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG