Mehnat kuchi kamayib borayotgan davlatlar

  • Amerika Ovozi

Mehnat kuchi kamayib borayotgan davlatlar

Mehnat kuchi kamayib borayotgan davlatlar

Dunyoning eng rivojlangan jamiyatlarida iqtisodiy o’sish darajasi pasayib ketgan. Buning asosiy sabablaridan biri, deydi mutaxassislar, aholi tobora keksayib borayotgani va mehnat kuchi kamligi.

1988 yilda dunyoning eng yirik 10 kompaniyasidan sakkiztasi Yaponiyaga tegishli edi. Bugungi kunda jahonning eng yirik 20 shirkati ro’yxatiga yaponlar umuman yo’q.

2050 yilga borib Yaponiya aholisining 44 foizi 60 yoshdan oshgan bo’ladi. Bugungi kunda Yaponiya eng keksa aholiga ega.

Yaponiyada ko'payish darajasi juda past

Yaponiyada ko'payish darajasi juda past

Iqtisodit tahlilchi Berri Bosvort izohicha, nafaqaxo’rlar ko’payar, ishlashga qodir yoshlar soni esa kamayar ekan, jamiyatda har qanday o’sish tobora qiyinlashadi.

Yaponiya ichki yalpi mahsuloti, agar inflyatsiyani hisobga olsak, 1990 yildan buyon umuman o’smagan. Mamlakat qarzi esa yalpi ichki mahsulotdan ikki barobar ko’p.

Amerikada 2030 yilga borib yoshi 65dan oshganlar aholining 20 foizini tashkil etadi.

Germaniya ishchi kuchini xorijdan olib kelmoqda

Germaniya ishchi kuchini xorijdan olib kelmoqda

Iqtisodiy siyosat va tadqiqot markazi tahlilchisi Deyvid Rosnik tibbiy xizmat, xususan sug’urta nihoyatda qimmat ekanini eslatadi.

“Bizning sog’liqni saqlash tizimimiz rivojlangan mamlakatlar orasida eng qimmati. Vaziyatni tubdan o’zgartirmasak, iqtisodiy muammolardan boshimiz chiqmaydi”.

Aholisi keksayib borayotgan yana bir mamlakat - Yevropa Ittifoqida iqtisodiy jihatdan eng yirik bo’lgan Germaniya.

Xitoyda mehnat kuchi arzon, lekin bir oilaga bir farzand siyosati kutilgan samarani bermadi

Xitoyda mehnat kuchi arzon, lekin bir oilaga bir farzand siyosati kutilgan samarani bermadi

Kelasi 10 yil ichida ishlashga qodir odamlar soni 2 millionga kamayadi. 2000 yilda Gemaniya Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridan malakali ish kuchi jalb eta boshlagan, ammo bugungi kungacha bunday siyosat uncha samara bermadi.

Qizig’i shundaki, hatto Xitoy ham ayni muammoga duch kelmoqda. Dunyoda eng yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgan bu davlat aholisi ham tobora keksayib bormoqda.

Xitoy tez rivojlanayotgan bo'lishi mumkin, ammo bu mamlakat aholisi ham keksayib bormoqda

Xitoy tez rivojlanayotgan bo'lishi mumkin, ammo bu mamlakat aholisi ham keksayib bormoqda

1979 yilda “bir oilaga bir farzand” degan siyosat bilan chiqilganidan beri Xitoyda keksalar soni yoshlarga qaraganda ancha ko’paygan.

“Yoshlar kamligi - jiddiy muammo. Xitoy tug’ilish sur’atini juda tez va keskin qisqartirdi”,- deydi tahlilchi Berri Bosvort.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG