Amerika aeroportlarida musulmonlar izza qilinadi, deydi faollar

  • Amerika Ovozi

Amerika aeroportlarida musulmonlar izza qilinadi, deydi faollar

Amerika aeroportlarida musulmonlar izza qilinadi, deydi faollar

AQShdagi ikki guruh – Amerika fuqaro huquqlari uyushmasi va Musulmonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilot hukumatga arz qilgan.

Ularning bildirishicha, Amerika Bojxona va Chegara xizmati musulmon fuqarolarning huquqlarini buzmoqda.

Hasan Shibli Nyu-Yorkdagi Buffalo Universitetida huquqdan saboq olmoqda. Nyu-York shtati Oliy sudida amaliyot o’taydi.

O’tgan yilning yozida turmush o’rtog’i va o’g’li bilan Makkaga, so’ngra oilasini ko’rish uchun Suriyaga borgan. Vatani Qo’shma Shtatlarga qaytsa, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportida qattiq so’roq qilingan.

Chegara xizmati xodimi “nechta xudo va payg’ambarga ishonasiz, necha vaqt namozo’qiysiz” deb so’ragan.

Amerika aeroportlarida musulmonlar izza qilinadi, deydi faollar

Amerika aeroportlarida musulmonlar izza qilinadi, deydi faollar

“Odamni eng izza qilgani oxirgi gapi bo’ldi” ,- deydi Hasan Shibli. Chegarachi uzr so’rab, “davlatni terrorizm va xurujlardan himoya qilayapmiz” degan.

Yana bir musulmon Lorens Xo ham Kanada bilan chegarada to’xtatilgan.

Yopiq xonada, soqchilar ko’z o’ngida to’rt soat davomida dini haqida savol-javob qilingan. “Menga huddi jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsday muomala qilishdi”, - deydi Lorens.

Har ikkisi – Hasan Shibli va Lorens Xo hukumatga shikoyat qilmoqdda.

Huquq faoli Hina Shamsii “Davlat mudofaasi muhim ekanini tushunamiz, lekin fuqaroni dini va siyosiy qarashlari haqida so’roq qilish bilan yurt xavfsiz bo’lib qolmaydi”,- deydi.

AQSh Bojxona va Chegara xizmati fuqarolar e’tiqodi va irqiga qarab ajratilmaydi deya javob qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG