Al-Jaziraning muxbirlari ozod qilindi

  • Amerika Ovozi

"Al-Jazira" telekanali muxbirlari Bahir Muhammad, Muhammad Fahmiy, Piter Greste.

"Al-Jazira" telekanali muxbirlari Bahir Muhammad, Muhammad Fahmiy, Piter Greste.

Misr sudi "al-Jazira" telekanalining ikki muxbirini qamoqdan ozod qilgan. Ikkisi "Musulmon birodarlar" oqimini qo'llab-quvvatlaganlik aybi bilan turmada qolayotgan edi.

Qohiradagi sudya Muhammad Fahmiy 33 ming dollar garov puli evaziga qo'yib yuborgan. Uning hamkasbi Bahir Muhammad shundoq ozod qilingan.

Fahmiy Kanada va Misr fuqarosi edi. Biroq shu oy tezroq erkinlikka chiqish umidida Misr fuqaroligidan voz kechgan.

"Al-Jazira"ning uchinchi korrespondenti, avstraliyalik Piter Greste febral boshida qo'yib yuborilgan edi.

Uchalasi 2013-yilning dekabrida ushlanib, 7-10 yillik qamoq jazolariga mahkum qilingan edi.

Apellyatsiya natijasida sud jurnalistlarning aybini isbotlash uchun yetarli dalil havola qilinmagan, deya xulosa qilgan.

"Al-Jazira"ning ta'kidlashicha, muxbirlar aybsiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG