Qaddafiyning qurollari qani?

  • Amerika Ovozi

Tripolidagi qurol-aslaha omborxonasi qarovsiz qolganida, u yerdan raketa va minalar o'g'irlangan

Tripolidagi qurol-aslaha omborxonasi qarovsiz qolganida, u yerdan raketa va minalar o'g'irlangan

Liviyada Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag’darilganidan keyin uning nazoratida bo'lgan qurol-aslaha Afrika bo'ylab tarqab ketdi. Raketa va minalar Al-Qoida terrorchilari qo’liga tushgan bo'lishi mumkin degan xavotir bor.

“Human Rights Watch” inson huquqlari tashkilotiga ko’ra, minglab mina, minomyot, “yer-havo” rusumidagi raketalar Liviyaning aslaha omborxonalaridan g’oyib bo’lgan.

Yo’qolgan qurolning bir qismi Qaddafiyning tarafdorlari qo’lida bo’lsa, qolgani sotilgan deya taxmin qilinadi.

Qaddafiyning qayerda ekani hamon noma'lum, shu bilan birga u nazorat qilgan qurollar ham g'oyib bo'lgan

Qaddafiyning qayerda ekani hamon noma'lum, shu bilan birga u nazorat qilgan qurollar ham g'oyib bo'lgan

Mavritaniya prezidenti Muhammad Uld Abdul Aziz qurol-aslaha Al-Qoida qo’liga tushganini ta’kidlaydi. Jazoir va Chad hukumatlari ham ayni shunday xavotir bildiryapti.

Niger rasmiylari esa yaqinda mamlakat shimolida terrorchilar lageri yo’q qilingani, u yerda Qaddafiy arsenalidan o’g’irlangan qurol topilganini ma’lum qildi.

Mamlakat Adliya vaziri Maru Amadu deydiki, terroristlar Liviyadan yordam olayapti, bu butun mintaqa uchun jiddiy tahdid.

“Terrorchilar ini” deb tamg’alagan hudud 6 million kvadrat kilometrga teng bo’lib, Saxara cho’lining janubiy qismida - Mavritaniya, Senegal va Chad hududida joylashgan. Sohil deb ataladi.

Tripoli ko'chalarida

Tripoli ko'chalarida

“U yerda qurollangan guruhlar to’planib, xohlaganini qilmoqda”, - deydi Niger rasmiysi, Sohil nafaqat Afrika, balki Yevropa uchun ham tahdid ekanini qayd etar ekan.

Mudofaa va aksil-terrorizm bo’yicha mutaxassis Husayni Monguno fikricha, yer-havo rusumidagi raketalarni qo’lga kiritish oson, chunki terrorchilarning tarafdorlari ko’p.

Qaddafiy tarafdorlari Al-Qoida bilan birlashib, Liviyaning yangi hukumatini ag’darishga urinishi ham ehtimoldan xoli emas.

Tripoli ko'chalarida

Tripoli ko'chalarida

“Ular Liviyani boshqa odamlar qo’liga berib qo’ygisi kelmaydi. 43 yil davomida hokimiyatda bo’lgan shaxslar mamlakatni beqarorlashtirishga harakat qiladi”, - deydi tahlilchi.

Liviyadan o’girlangan raketalardan tashqari, minalar ham vaziyatni izdan chiqarish uchun qo’l keladi.

Avtomobillarga o’rnatiladigan bombalar yasash, yengil qurol esa harbiy postlarga hujum qilinganida kerak, deydi Monguno.

Liviya Milliy Muvaqqat Kengashi rasmiylari ta’kidiga ko’ra, harbiy omborxonalardan o’g’irlangan qurollar qidirilmoqda. Ammo ularda qancha va qaysi turdagi qurol saqlanganini bilmay turib, bunday ishni bajarish qiyin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG