Al-Qoida Hindiston va qo'shni davlatlarda jihod boshlamoqchi, aholi nima deydi?

  • Amerika Ovozi

Al-Qoida lideri Ayman al-Zavohiriy

Al-Qoida lideri Ayman al-Zavohiriy

AL-SHABAB

Somalida al-Shabab terror guruhiga qarshi olib borilgan havo hujumlarida bu tashkilot lideri Ahmad Abdi Godane o’ldirilgan.

Somali Bosh vaziri Abduvali Shayx Ahmad “Amerika Ovozi” ga shuni bildiradiki, uning hukumati al-Shahab yetakchisi qayerda ekanini bilgach, Amerikadan uni nishonga olishni so’ragan.

AL-QOIDA

Al-Qoida lideri Ayman al-Zavohiriy tashkilot Janubiy Osiyoda faollashadi deya bayon etgach, Hindistonda bu guruhga qarshi nafrat qanchalik kuchli ekani ayon bo’lmoqda.

Hindistonda 177 million musulmon yashaydi, aholining deyarli 15 foizi. Eng ko’p musulmon Indoneziyada yashaydi. Undan keying o’rinda esa Hindiston.

Shunday ekan, deydi musulmon yetakchilar, yoshlarning terror to’dalariga qo’shilib ketmasligining oldini olish uchun zarur choralar ko’rish lozim - siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy.

Al-Qoidaning yangi qanoti “Qaidat al-Jihod fi’shibhi al-qarrat al-Hindiya”, ya’ni Hind yarimorolidagi Al-Qoida deb ataladi. Hindiston, Bangladesh va Birmada jihodchilar faoliyati kengayishi ko’zlangan.

Al-Zavohiriy deydiki, dunyoning bu qismlarida musulmonlar aziyatda yashaydi va islomiy kuchlar ularga yordamga borishi kerak.

Hindistonda musulmon yetakchilardan biri, Dehlida asoslangan uyushma rahbari Zafarul Islom Xon fikricha, al-Qoida bunday rejayu orzulari bilan hech narsaga erishga olmaydi. Musulmonlar terrorizm va ekstremizmga qarshi tish-tirnog’i bilan kurashadi, deya ishonch bildiradi u.

Biroq xavotirli jihatlari ham ko’p, deydi Chinnaydan professor Javohirulloh.

Ziyoli ta’biricha, Pokiston bilan dushmanlik sabab hind musulmonlaridan doimiy ravishda gumonsirab kelgan hindu millatchilar endi al-Qoidaning maqsadlari sabab islom ahliga nisbatan bosimni kuchaytiradi.

Musulmon yoshlar orasida ishsizlar, qashshoq kun kechirayotganlar ko’p. Ularning terror tizimlariga o’zi bilmagan holda kirib ketgan hollari bor va kelajakda ham shunday bo’lmaydi deb kafolat berish qiyin, deydi professor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG