Breaking News

"Amerika Ovozi" devorlaridagi san'at namunalari

"Amerika Ovozi" 1942-yildan beri efirda. Vashingtonda joylashgan qarorgoh binosi 1939-yilda bunyod etilgan. Imorat aslida harbiy kasalxona va idora uchun qurilgan. Tashkilotimiz unga 1954-yilda ko'chib kirgan. Besh qavatli majmuani kezar ekansiz, 1930-40 yillarga xos me'morlik uslubini ko'rasiz.

Birinchi qavatdagi keng yo'laklar bo'ylab devorlarda ishchi-mehnatkashlar, keksa va yosh amerikaliklarni o'sha davrdagi hayotini aks ettirgan rang-barang chizgilar... 1929-yilda Amerikada boshlangan kuchli moliyaviy inqiroz mamlakatda millionlab odamlarni qashshoqlik domiga yetaklaydi. 1933-yilda prezidentlikka kelgan Franklin Ruzvelt iqtisod va turmushni tiklash uchun bir necha bosqichli ulkan dastur bilan chiqadi. Unda xususan infrastrukturani qayta qurish, davlat va jamoat inshootlarini ta'mirlash va bezash ham ko'zlangan edi. "Amerika Ovozi" binosining ko'rinishi o'sha davrdagi mehnat mahsuli.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG