Amerika burchaklari - bilimlar dunyosiga ochilgan deraza


Boshiga o'zbek do'ppisi yarashgan Kris Tomas sa'nat chegara bilmas g'alaba keltiruvchi kuch, deydi.

Boshiga o'zbek do'ppisi yarashgan Kris Tomas sa'nat chegara bilmas g'alaba keltiruvchi kuch, deydi.

AQSh hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga, ayniqsa, fuqarolararo aloqalarni kengaytirishga harakat qiladi. Jumladan, Dushanbedagi elchixona bu yo'nalishda tadbirlarni ishlab chiqqan.

Misol, Tojikistonda Amerika hayoti va siyosati haqida keng qamrovli ma’lumotlar tarqatuvchi markazlar - Amerika burchaklari bor. Hozir AQSh elchixonasi ko’magida tashkil etilgan yetti shunday burchak va uch madaniy markaz olti shahar va uch nohiyada ishlab turibdi.

Elchixona 2005-yilning bahorida poytaxt va shimoldagi Xo'jand shahrida Amerika burchaklarini ochgan edi.

Rassom Naimjon Boyboboyev bu maskanning doimiy mijozi:

“Bu - bilimlar olamiga ochilgan deraza. Bu yerda, ayniqsa, yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar mavjud, qoyil qolish kerak”, - deydi rassom.

Isfara, Xorug', Qo’rg’ontepa va Panjikent shaharlari hamda G’arm, Qumsangir, Murg’ob nohiyalarida Amerika burchaklari va madaniyat markazlari bor.

Elchixonaning moliyaviy va texnik ko’magida tashkil etilgan bu maskanlar yoshlar orasida ommabop. Xo'jand shahridagi “Amerika burchagi” koordinatori Madina Po’latova maqsad - AQSh va Tojikiston orasida hamjihatlikni rivojlantirish, deb aytadi.

“Hozir Tojikistonning deyarli barcha yirik shaharlarida va tog’li nohiyalarda bunday go’shalar mavjud va har doim yoshlar bilan gavjum bo’ladi. Hafta yo’qki, biror bir tadbir o’tkazilmasa. Har oy biror amerikalik mehmon ingliz tilidan tekin dars beradi”, - deydi u.

“Dastlabki Amerika burchaklari 2005-yilning bahorida Dushanbe va Xo'jand shaharlarida tashkil etilgan edi. Ikki-uch yildan so’ng tog’li hududlarda ham faoliyat ko’rsata boshladi. Bu yerda yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar bor. Tashkilotimizning yana bir yo’nalishi yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’otish. Kimsasiz qolgan yo’qsillarga, bolalarga ko’mak ko’rsatishdan iborat bo’lib, bu masalada juda ko’p tadbirlar o’tkazganmiz. Bu yerda Tojikiston aholisi uchun Amerika hayoti haqida ma’lumot beruvchi hamma qo’llanmalar tekin tarqatiladi. Zamonaviy aloqa vositalari, internet, badiiy va soha adabiyotlari, DVD disklar, videomateriallardan foydalanish tekin. Amerikalik o’qituvchilarning mahalliy yoshlarga bepul til o’rgatishi juda qiziqarli o’tadi. Sport musobaqalari, xayriya tadbirlari ko’pchilikni jalb etmoqda. Qilinayotgan ishlar ko’lami juda katta, ishimiz g’oyat qiziqarli, ba’zida yoshlar bu yerdan zo’rg’a chiqib ketishadi”, - deydi Po'latova.

Arizona shtati Phoenix shahridan kelgan Brianna Pantilione hozir Xo'janddagi yoshlarining sevimli ustoziga aylangan.

“Xo'jandda menga odamlarning ko’ngilchan va mehmondo’stligi manzur bo’ldi. Ular bu yangi muhitga moslashivumga, joylashishimga yordam qilishdi”, - deydi quvnoq Brianna. “Yoshlarning bilimga tashnaligi, Amerikaga qiziqishi juda zo’r. Bu yerda shunaqa go’sha borligidan, Tojikistonda yangi do’stlar orttirganimdan juda xursandman”, - deydi u.

Bir necha yildan beri Amerika burchagiga qatnayotgan o’rta maktab bitiruvchisi Zarrina Niyozmametova boshqalarni ham bu yerga tez-tez kelib turishga chaqiradi.

Bunda ingliz tilini mukammal o’zlashtirib olganini, bu tilda bayon yoza bilishini ta’kidlaydi. U yana aytadiki, Amerikadan kelgan malakali o’qitivchilardan ko’p narsalarni o’rganish mumkin. Hayotga yangicha nazar bilan qarash, dunyoni boshqacha va keng tushunishni o’zlashtira ular.

Rassom Naimjon Boyboboyev mahalliy aholiga beminnat xizmat ko’rsatayotgan bu burchaklardan minnatdor. AQSh hukumatiga tashakkur bildiradi u. Hozirgi sharoitda chiqim qilib har bir davlat ham o’zga yurtda shunaqa jamoatchilik tashkiloti tuzmaydi, deydi u.

“AQSh hukumati, Amerika elchixonasi Tojikistonda bu qadar xayrli ish tashkil etganini tojik xalqi unutmaydi. Farzandlarimiz shu yerda turib dunyoni tanimoqda, jahonga chiqmoqda. Buni hamma ham qilavermaydi”, - deydi musavvir.

Mahalliy ziyolilarning aytishica, Amerika burchaklariga qatnab turgan aksar yoshlar dunyoqarashi kengligi, ijtimoiy-siyosiy, sport va jamoatchilik ishlarida faolligi bilan tengqurlaridan farq qiladi.

Amerikadan kelgan malakali o’qitivchilardan ko’p narsalarni o’rganish mumkin. Hayotga yangicha nazar bilan qarash, dunyoni boshqacha va keng tushunishni o’zlashtira ular.

Amerikadan kelgan malakali o’qitivchilardan ko’p narsalarni o’rganish mumkin. Hayotga yangicha nazar bilan qarash, dunyoni boshqacha va keng tushunishni o’zlashtira ular.

XS
SM
MD
LG