O'zbekistonlik jurnalist Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Sheremetyevo aeroporti, Moskva
Jurnalist va faol Xudoyberdi Nurmatov Rossiyadan O'zbekistonga majburan qaytarilishi mumkin. Uni O'zbekiston xavfsizlik agentlari bosim ostiga olayotgani aytiladi.
Jurnalist Ali Feruz taxallusi bilan ijod qiladi. Londonda asoslangan Xalqaro Amnistiya tashkilotining ogohlantirishicha, uni olib qochishga urinishmoqda. Vataniga qaytsa, Nurmatov qiynoqqa solinishi tayin, deydi huquq himoyachilari.
Nurmatov Rossiyadan siyosiy boshpana so'ragan. Moskvada anchadan beri ishlaydi. Xavotiri shuki, uni vatanda jurnalistik faoliyati va tanqidiy qarashlari uchun qamashadi.
U "Novaya Gazeta" mustaqil gazetasi muxbiri, asosan nogironlar va imkoniyati cheklangan insonlar hamda Markaziy Osiyodan kelgan mehnatkashlar hayotini yoritadi. 2015-yildan beri Xalqaro Amnistiya bilan hamkorlik qiladi. Maqsadi - inson huquqlari qachalik buzilayotganini fosh etib borish.
Ali Feruz "Novaya Gazeta" muxbiri
Ali Feruz "Novaya Gazeta" muxbiri
16-mart kuni uni politsiya ushlab, ma'muriy ayblovlar qo'ygan. O'zbekiston fuqarosi bo'lsa-da, u aslida Rossiyada tug'ilgan va katta bo'lgan. 2009-yilda O'zbekistonni bosim ostida tark etgan va Rossiyadan vaqtincha boshpana olgan. Bu muddat bitganidan beri u federatsyada doimiy yashash uchun ruxsat so'rab keladi.

Hibsga olinganida unga advokatga ruxsat berilmagan va jurnalistning mazasi qochgach, kasalxonaga yetkazilgan. Hozirda shartli ravishda qo'yib yuborilgan. Shunday nozik bir fursatda, deya xavotir bildirmoqda Xalqaro Amnistiya, O'zbekiston agentlari uni yashirin ravishda vataniga olib ketishi mumkin. Bunday hollar ko'p kuzatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG