Xalqaro Amnistiya "Islomiy davlat" qurollarni qayerdan olganini aniqladi

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" jangarilari, Suriya

"Islomiy davlat" jangarilari, Suriya

Inson huquqlari masalalarini o'rganuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti "Islomiy davlat" jangari guruhi tasarrufidagi qurollarning kelib chiqishiga doir hisobotini chop etdi.

Guruh izlanishlaridan shunisi ma'lumki, Iroqda Saddam Husayn hokimiyatdan ag'darilganidan so'ng armiya tarqatilgan, qurol omborlari jangarilar qo'liga o'tgan. "Islomiy davlat" hujumlari va jinoyatlarida jami 25 mamlakatda ishlangan va mintaqaga yetkazilgan qurollar ishga solingan.

Xalqaro Amnistiyaning bildirishicha, yirik miqdordagi qurol savdosi ustidan nazoratning sustligi tufayli jangarilarning qurolga egalik qilishi oson bo'ldi.

BMT Xavfsizlik Kengashining bu masalani tergov qilgan komissiyasi xulosasiga ko'ra, "Islomiy davlat" arsenalning katta qismini 2014-yil iyunida qo'lga kiritgan.

Suriyadagi fuqarolar urushi ketidan ham markaziy hukumat zaiflashib, harbiy omborlar jangarilar tomonidan talangan, Assad hukumatiga qarshi jang qilayotgan muxolif kuchlar esa qurollarini G'arb mamlakatlaridan olgan.

Hisobotni to'liq holda mana bu yerda o'qish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG