Breaking News

Nodavlat tashkilotlar Yevropadan Putinni tiyishni so'radi


Xalqaro nodavlat tashkilotlar Yevropa Ittifoqini Rossiya rahbari Vladimir Putinning fuqaro jamiyatini ezish siyosatiga chek qo’yishga da’vat etayapti.

Rossiya fuqarolari, faollar jamiyat hayotida va siyosiy qarorlar qabul qilishga erkin qatnashish huquqiga ega, deyiladi Xalqaro Amnistiya bayonotida.

Hukumat inson huquqlari tashkilotlarini tahqirlashni bas qilib, jurnalistlar va faollar zarur himoya bilan ta’minlanishi shart, deyiladi sakkiz tashkilot olg’a surgan bu hujjatda.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi nufuzli guruhlar, ayniqsa, Rossiyada yaqinda fuqaro haqqi va xorij ta’sirini cheklash yuzasidan qabul qilingan qonunlarni bekor qilishga undayapti.

Bu hujjatlar mahalliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar ishiga to’sqinlik qilishi aniq, deydi Freedom House, Greenpeace, Human Rights Watch, Transparency International kabi tashkilotlar mutaxassislari.

Yevropa Ittifoqi va Rossiya rasmiylari shu hafta Bryusselda majlis qiladi.

Prezident Putin o’tgan oy sotqinlikka doir qonunni imzolagan edi.

Tanqidchilar nazarida loyiha har qanday shaxsni xoin deya tamg’alash imkonini beradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG