Musiqa yulduzi Emi Uaynxaus 27 yoshda vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Musiqa yulduzi Emi Uaynxaus 27 yoshda vafot etdi

Musiqa yulduzi Emi Uaynxaus 27 yoshda vafot etdi

Musiqa muxlislari bugun g'aroyib ovoz sohibasi Emi Uaynxaus (Amy Winehouse) dan ayrildi.

Politsiyaning bildirishicha, 27 yoshli xonandaning jasadi uning uyidan topilgan.

O'lim sababi hozircha mavhum. Lekin yulduz qoradori va ichkilikka ruju qo'ygan edi. Oxirgi marta Emi Uaynxaus may oyida tibbiy-ruhiy muolaja olgan.

20 yoshida u yulduzga aylangan edi

20 yoshida u yulduzga aylangan edi

Tatuirovkalari, pahmoq sochi va kokillari, antiqa bo'yanishi va maftunkor ovozi bilan dunyo bo'ylab shuhrat qozongan, ulkan mukofotlar, shu jumladan bir necha bor Gremmi sovrinini qo'lga kiritgan Emi Uaynxaus eri Bleyk Filder-Sivil bilan 2009 yilda ajrashib ketgan edi. Filder-Sivil bezorilik, o'g'rilik va noqonuniy ravishda qurol olganlik aybi bilan hozirda qamoqda. Lekin Emi Uaynxaus uni hamon "umr yo'ldoshim" deb atar edi.

Qo'shiqchi o'tgan oy Yevropa gastrolini boshlagan, lekin Serbiya sahnasida lirikani unutib qo'yib, tomoshabinlar noroziligiga uchragan va konsertlarni to'xtatgan edi.

Qoradori, ichkilik, tartib-qoidani ataylab buzish... Emi Uaynxaus shuni ma'qul ko'rar edi

Qoradori, ichkilik, tartib-qoidani ataylab buzish... Emi Uaynxaus shuni ma'qul ko'rar edi

Emi Uaynxaus jazz musiqachilari oilasida 1983 yilda tavallud topgan. 20 yoshida ilk albomi, "Frank", bilan yulduzga aylangan edi. Uning ijodi 1960-yillarga xos ohang va uslubni o'zida mujassam etgan edi. Soul, jazz va R&B janrida ijod qilar edi.

Ikkinchi albomi "Back to Black" (Qaro yerga qaytib) deb nomlanib, undagi "Rehab" (Davo) qo'shig'i giyohvand va alkogolik insonlar hayotini aks ettirib, davolanishni istamaydigan bir inson haqida.

Emi Uaynxaus unda "Meni davolang deb majburlashayapti, men esa yo'q dedim" deya kuylaydi.

Maftunkor ovoz sohibasi

Maftunkor ovoz sohibasi

Xonandaning shaxsiy hayoti quvonchli emas edi

Xonandaning shaxsiy hayoti quvonchli emas edi

Qilma degan ishni qilaman, der edi yulduz

Qilma degan ishni qilaman, der edi yulduz

Tatuirovkalar, pahmoq soch va kokillar

Tatuirovkalar, pahmoq soch va kokillar

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG