Andijon fojiasiga yetti yil bo'ldi, "adolat talabi" hamon so'nmagan


Andijon, 13-may 2005

Andijon, 13-may 2005

Andijon fojiasiga yetti yilligi to’lar ekan, xalqaro maydonda bu voqealarni unutmaslik kerak degan chaqiriqlar yangramoqda.

Xo'sh, bugun G’arb va O’zbekiston orasidagi siyosiy aloqalarda Andijon qanchalik muhim faktor?

Xorijdagi o’zbek muxolifati mustaqil tergov masalasini ko’tarib keladi. Istanbulda o’tgan norozilik aksiyasida prezident Islom Karimovni sudga kerak degan gaplar aytilgan va bu borada BMTga murojaat qilingan.

Arizani O’zbekiston Xalq Harakati, o’zbek-turk faollaridan iborat “Erkin O’zbekiston uchun” guruhi topshirgan.

2005-yilda AQSh va Yevropa Ittifoqi Andijon voqealarini mustaqil tergov qilish talabini O’zbekiston bilan siyosiy muloqotning asosiy shartlaridan biri sifatida qo’ygan edi.

Andijon, 13-may 2005

Andijon, 13-may 2005

“Andijon voqealarining O’zbekiston va G’arb aloqlaridagi o’rnini ikkiga bo’lish mumkin, birinchisi huquqiy, ikkinchisichi siyosiy. Xalqaro huquqiy masalada Andijon voqealari yopilgan.
2005-yilda Yevropa bu voqealarni xalqaro tergov qilishni rasman talab qildi. Rasmiy Toshkent esa bunga ko'nmadi. 2009-yilga kelib esa Yevropa Ittifoqi bu sanksiyalarni olib tashladi va huquqiy tomondan bu masala yopildi. Lekin siyosiy tomoni qolmoqda... Bu esa O'zbekistondagi hokimyatga soya soladigan jiddiy omil. O’zbekiston hukumatini nolegitim qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan asosiy omil - Andijon voqealari...”, - deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Yevropadagi ayrim siyosiy doiralar ham dunyo ahlini Andijon fojialarini unutmaslikka chaqirmoqda.

Hukumat 184 odam o'lgan deydi, huquq himoyachilari esa 500 dan ortiq odam ko'milganini aytadi

Hukumat 184 odam o'lgan deydi, huquq himoyachilari esa 500 dan ortiq odam ko'milganini aytadi

9-may kuni Berlinda Yashillar partiyasi vakili, deputat Vilola von Kramon tashabbusida Andijon fojialari xotirlandi. Unda bu borada ishlangan hujjatli film muhokama qilindi.

“Deputatlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari bu masalani albatta qayta-qayta ko’tarishlari mumkin, lekin Yevropadagi qudratli davlatlar, deylik, Germaniya, Fransiya va Britaniya bu masalani kun tartibiga qo’ymas ekan, hech qanday natija bo’lmaydi”, - deydi Rabbimov.

O’zbekiston hukumati fojiada ekstremistik guruhlarni ayblagan va yuzlab insonlar sudga tortilgan. Lekin bu jarayon xalqaro jamoatchilik tomonidan ishonch qozonmagan.

Andijon fojialaridan yetti yil o’tib tergov masalasi yana ko’tarilmoqda, biroq bugun bu imkoniyat bir qadar qiyin ko’riladi.

Andijon, 20-may 2005

Andijon, 20-may 2005

“Keyingi paytda qiyinchilik bilan bo’lsa-da, yangi qonunlar qabul qilinayapti. Unga ko’ra, qudratli va obro’li bo’lgan xalqaro huquq tashkilotlariga ham ovoz berilayapti.
Masalan, Xalqaro Amnistiya, Human Right Watch va shunga o’xshash ancha kuchli bo’lgan huquq tashkilotlari. Lekin ular uchun ham O’zbekistondagi vaziyatni ko’tarishda yangi, jiddiy sabablar bo’lishi kerak.
Ular yetti yil avval sodir bo’lgan voqealarni ko’tarib, kun tartibiga yangi masala sifatida qo’ya olishmaydi. Shu bois O’zbekiston Xalq Harakati tashabbusini ko’proq ramziy ma’noda tushunish mumkin”, - deydi Rabbimov.

Karimov ma’muriyatiga ko’ra, 2005-yil 12-13 may kunlari Andijonda 184 kishi o’lgan, norasmiy manbalarga ko’ra esa bir necha yuz odam qurbon bo’lgan edi.

Andijon fojiasidan yetti yil o'tib... Haqiqatni kim biladi?

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG