Breaking News

Qirg'iziston: 70 ming qochqin vatanga qaytgan


Qirg'iziston: 70 ming qochqin vatanga qaytgan
Qirg'iziston: 70 ming qochqin vatanga qaytgan

Qochqinlar Qirg’izistonga qaytar ekan, hukumat ularning xavfsizligini ta’minlashga va’da bermoqda. Qirg’iziston rasmiylarining aytishicha, 75 ming odamdan 70 mingi vatanga qaytgan.

Bugun BMT qochqinlarga yordam ajratish masalasida Toshkentda anjuman o’tkazgan. Unda rasmiylar mamlakatda qochqinlar soni keskin kamayganini ma'lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra, bugun mamlakatda qolgan qochqinlar soni 15 ming atrofida. O`zbekistondagi 100 mingdan ziyod qochqin uchun rejalangan BMT yordam dasturi qayta ko’rib chiqiladi.

O'zbekiston qochqinlardan o’z xohishlariga ko’ra ortga qaytayotganlari haqida ariza yozdirib olmoqda.

Lagerlarda qochqinlar soni bir qadar siyraklashgan. O'sh va Jaloloboddagi vaziyatdan hamon tahlikada bo`lgan qochqinlar esa qaytib ketishga oshiqmayapti.

“Hamma narsa yoqib yuborilgan bo'lsa, qanday yashaymiz? Kafe-restoranlar mayli, lekin maktablar yoqib yuborilgan. Sentyabrdan o'qish boshlanadi, bolalar bo'gchalari ham yoqib yuborilgan”, - deydi qochqinlardan biri.

Qochqinlarning aytishicha, xalqaro tashkilotlar tomonidan tarqatilayotgan insonparvarlik yordami Qir'gizistondagi o'zbeklarga yetib bormayapti. O'zbekistondan Qirg'izistonga qaytayotgan qochqinlarga qanday yordam berilayotgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG