Kofi Annan: Suriyadagi vaziyatga chetdan biror harbiy kuch aralashmasin

  • Amerika Ovozi

Idlib viloyatida hukumat kuchlari o'ldirgan odamlar dafn etilmoqda, 8-mart 2012

Idlib viloyatida hukumat kuchlari o'ldirgan odamlar dafn etilmoqda, 8-mart 2012

Bugun Suriya ko’chalarida hukumat kuchlari yana 19 fuqaroni o’ldirgan. BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Kofi Annan Damashqqa safar qilish arafasida ekan, mamlakat armiyasi muxolifatga qarshi hujumlarni kuchaytirmoqda.

BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan Qohirada Arab Ligasi rasmiylari bilan uchrashib, chet eldan biror harbiy kuch Suriyadagi kelishmovchilikka aralashmasligi kerak deb aytgan.

Kofi Annan, BMT sobiq bosh kotibi

Kofi Annan, BMT sobiq bosh kotibi

“Umid qilaman, biror bir davlat Suriyaga harbiy missiya haqida o’ylamayapti. Bundan aralashuv ahvolni yanada murakkablashtiradi”, - deydi Koffi Annan.

Lekin Suriya rahbari Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan jangarilar nazarida o’z fuqarolariga qarshi urush olib borayotgan hukumat bilan muzokara qilib bo’lmaydi.

Neft sanoati vazirining o’rinbosari Abdu Husamiddin kecha muxolifat safiga qo’shildi.

Tinch aholiga qarshi qonli hujumlar ortida asosan president Bashar al-Assad turibdi, deydi Abdu Husamiddin.

BMT hisobicha, Suriyada o’tgan yili boshlangan va bugungacha davom etayotgan qo’z’golon va namoyishlarda 7500 dan ortiq fuqaro halok bo’lgan.

Namoyishlar davom etmoqda

Namoyishlar davom etmoqda

Hukumat terror guruhlariga qarshi kurash olib borayotganini aytadi. Xavfsizlik kuchlari safidan qariyb 2000 zobit o’lganini da’vo qiladi.

BMT insonparvarlik yordami rahbari Valeri Amosning aytishicha, Hims shahrining Baba Amr tumanida ahvol nihoyatda og’ir. Bu yerda muxolifatchilar yashiringan deb harbiylar aynan shu hududni qattiq nishonga olmoqda. Mahallalar vayron, aholi orasida o’lganlar ko’p ekani aytiladi.

Valeri Amos bugun Turkiyadagi qochqinlar lagerlarida vaziyat qanday ekani bilan tanishdi. Kamida 11 ming suriyalik hozir bu yerda jon saqlamoqda. Qariyb bir yarim million odam yordamga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG