Musulmonlar: Amerika filmni man etib, uni yaratganni jazolasin

  • Amerika Ovozi

Nakula Bassili Nakula yuzi o'ralgan holda politsiya idorasidan olib ketilmoqda, Los-Anjeles, 15-sentabr, 2012

Nakula Bassili Nakula yuzi o'ralgan holda politsiya idorasidan olib ketilmoqda, Los-Anjeles, 15-sentabr, 2012

Musulmon olamida AQShda ishlangan va internetga qo’yilgan aksil-islomiy filmdan norozilik hamon juda kuchli, ammo bugun namoyishlar bir oz tingandek.



Yakunlanayotgan haftada Liviyadan tortib Yamangacha, minglab odamlar ko’chaga chiqib, Amerikaga lan’atlar aytdi, g’azab zo’ravonlikka ayblanib, bir necha namoyishshi halok bo’ldi.

Liviyaning Bing’ozi shahrida AQSh vakolatxonasiga qilingan hujumda o’lgan elchi va yana uch xodimning jasagi kecha vatanga yetib keldi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton ayanchli, betayin va nafratomuz bu film na bizning davlat va siyosat va na xalqimiz fikrini aks ettiradi deb musulmonlardan zo’ravonlikka berilmaslikni so’ramoqda. Amerika diniy erkinlikka asoslangan jamiyat, deydi u.


Prezident Barak Obamaning aytishicha, AQSh o'z elchixona va diplomatlarini xavfdan himoya uchun qo'ldan kelgan barcha chorani ko'radi.

Obama joriy hafta Liviyadagi hujumda o'lgan to'rt amerikalikning jasadi qarshilar ekan, insoniyat taraqqiyoti va xalqlar ozodligi yo'lida kurashdan qaytmaymiz, dedi.

Misr va Yamandagi elchixonalarga qilingan hujumlarni qoralar ekan, Amerika rahbari diniy erkinlik uzviy huquq deydi. Birovning e'tiqodini oyoq osti qilishga hech kimning haqqi yo'q, ammo bu qonli xurujlarga asos bo'la olmaydi, deya qo'shadi u.

Misr va Sudanda namoyishchilar vayron qilgan joylar tozalanmoqda. AQSh, Britaniya va Germaniya elchixonalariga ulkan zarar yetkazilgan.

Tunis va Yamanda ham ommaviy chiqishlar kuzatilmagan. Lekin bugun Afg’oniston, Hindiston va Avstraliyada namoyishlar bo’lib o’tdi.

Musulmonlar Amerikadan filmni man etishni, uning ortida turganlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

Muhammad payg’ambarni masxara qilgan video ortida Kaliforniya shtatida yashovchi Nakula Basseli Nakula degan odam turgan gumon qilinadi. Los Anjeles politsiyasining bildirishicha, u federal agentlar tomonidan so’roq qilingan.

Lekin, deydi sheriff so’zlovchisi Stiv Vitmor, Nakula hibsga olingani yo’q.

Bu shaxs 2010-yilda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Ozodlikka shartli ravishda chiqqan va qoidalarni buzgan. Hukmga ko’ra, u besh yil davomida kompyuter ishlatmasligi kerak.

Nakula Basseli Nakula xalqaro axborot vositalariga bergan intervyusida arab va musulmonlarni tinch yo’l bilan norozilik bildirishni o’rganishga chaqirgan.

Filmga Amerika hukumatining daxli yo’q, oddiy bir video bu qadar tanilib, salbiy munosabat uyg’otadi deb o’ylamagan edim, qarshiliklar odamlarning hayotiga zomin bo’lganidan afsusdaman, deydi u. Lekin u filmni yaratganidan afsusda emas.

Nakula Basseli Nakulani boshida isroillik Sam Basil deb atashgan edi. Keyinchalik bu uning taxallusi ekani ma’lum bo’ldi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG