Breaking News

Nyu-York muzeyida zamonaviy arab san'ati ko'rgazmasi


Nyu-Yorkda boshdan oyoq arab san’atiga bag’ishlangan, naq besh qavatni egallagan ko’rgazma ishga tushdi. “New Museum” muzeyida 45 zamonaviy ijodkorning ishini ko’rish mumkin.

Ko’rgazmada 12 arab mamlakatidan rassomchilik, haykaltaroshlik namunalari, fotosuratlar va videoni tomosha qilasiz. Muzey xodimi Natali Bellning aytishicha, asosiy mavzu - tasvirga tanqidiy-tahliliy yondashish, yangicha fikrlash.

“Ko’pgina rassomlar tasvir orqali haqiqatni aks ettirishga harakat qiladi. Oshkora, real fikrlab uni san’atga o’girmoqchi bo’ladi. Bu asarlarda shu g’oyalar aks etadi,” - deydi u.

Ko’rgazmadagi asarlarning aksariyatida voqealarga faqat ishora bor, xolos. Xrair Sarkisyanning suratlarida vatani Suriyadagi bo’m-bo’sh ko’chalarni ko’rasiz. Bu yerlarda odamlar qatl etilgan. “Bu hodisalar izsiz ketishi mumkinmi?” deya so’rayotgandek rassom.

Eronlik ijodkor Roqni Hayrizoda videolar ishlaydi. Norozilik namoyishlari tasvirlangan videoga hayvonlar rasmini chizadi.

Deyarli barcha ishlarda urush, muhojirot va musofirchilik mavzusi ko’tarilgan. Marokashlik Buchra Xaliliy muhojir, qochqinlar bosib o’tgan yo’llarni xaritaga tushiradi.

Daraxtga o’xshatib ishlangan bir asar muallifi - dubaylik rassom Hasan Sharif. Uni yasashda chiqindi, temir-tersak, boshqa qoldiqlardan foydalanilgan – mis simdan tortib poyafzalgacha.

Asli falastinlik Vafo Xuroniy mana bu asarida falastin qishloqlari, ularning kelajagini tasvirlaydi.

“Haqiqiy qishloqdan aslo farq qilmaydi. Me’morchilik namunasi, nusxa deb o’ylaysiz. Ayni vaqtda juda sodda ish. Bizga yoqqan jihati ham shu – jo’n xomashyodan haqiqiy san’at asarini yaratsa bo’ladi,” - deydi Bell.

Ayrim ijodkorlar uchun Nyu-Yorkdagi ko’rgazma - debyut. Bell deydiki, ular asarlarni sotish, pul qilishga qiziqmaydi. O’zini arab rassomi deb atashga ham qarshi.

Bugun arab dunyosi shu qadar rangdor, boyki, uni bir qolipga solib bo’lmaydi. Salobatli ko’rgazma – buning isbotidir.

Arab rassomlari ijodi Nyu-Yorkda - Arab art in NYC
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG