Musulmonlar terrorizmdan charchagan, deydi peshvolar

  • Amerika Ovozi

“Musulmon olami oshkoralik, erkinlik istamoqda”

“Musulmon olami oshkoralik, erkinlik istamoqda”

Osama bin Laden o’ldirilganidan bir kun o’tib, AQShning Pokistondagi elchixonasi bugun qayta ochilgan.

Xuruj ehtimoli yuqori ekani bois Qo’shma Shtatlar o’z fuqarolarini ehtiyot bo’lishga undamoqda.

Peshovar va Lohurdagi vakolatxonalar ishlayapti.

Al-Qoida terror va ekstremist guruhi yetakchisi Osama bin Laden yakshanba kuni Pokistonning Xaybar Paxtunxava viloyatidagi Abbotobod shahri yaqinida AQSh agentlari tomonidan o'ldirilgan edi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Pokiston hukumatiga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Klintonning aytishicha, al-Qoida va unga hamkor guruhlarga qarshi kurash davom etadi. Bin Ladenning o’limi bilan terrorizm xavfi barham topmaydi, deydi u.

Prezident Barak Obamaning terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maslahatchisi Jon Brennan deydiki, Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyatga ishora qilib, al-Qoida bundan foydalanishi, xuruj uyushtirishi mumkin.

AQSh Kongressi Osama bin Laden yo’q qilinganini olqishlab, maxsus kuchlarni qahramon deya atagan.

Arab dunyosi terrorizmdan jabr ko’rib kelmoqda va bugun ular qo’zg’olon va namoyishlar orqali buni ochiq bayon etmoqda

Arab dunyosi terrorizmdan jabr ko’rib kelmoqda va bugun ular qo’zg’olon va namoyishlar orqali buni ochiq bayon etmoqda

Vakillar Palatasi spikeri, respublikachi Jon Beyner fikricha, Osama bin Ladenning o’limi rakidalizm, ektremizm va terrorizmga qarshi kurash yo’lida muhim qadam.

2001 yil 11 sentabrida 3 mingga yaqin amerikalikni hayotdan olib ketgan terror xurujlarida al-Qoida ayblanadi.

Markaziy Osiyodan hozircha faqat Qozog'iston bu borada munosabat bildirgan.

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Askar Abdrahmanovning aytishicha, uning davlati "Usama bin Ladenning yo'q qilinishini xalqaro terrorizmga qarshi qaqshatqich zarba" deb biladi.

"Qozog'iston bu illatni tugatish zarur deb hisoblaydi va qarshi kurashadi", - deydi Abdrahmanov.

"Xalqaro terrorizm va uning har qanday ko'rinishi ustidan g'alaba qozonish va bu yo'lda kurashish zarur" , - deydi u.

Shimoliy Amerika Islom Jamiyati prezidenti Imom Muhammad Majid nazarida diqqatni bin Laden olg’a surgan mafkura – ektremizmga qarshi chora-tadbirlar ko’rishga qaratish kerak.

Amerika Islom aloqalari Kengashi direktori Ahmad Rihab Misrdagi namoyishlarni yaqindan kuzatgan.

“Musulmon olami oshkoralik, erkinlik istamoqda”, - deydi Rihab.

“Odamlar bin Laden va al-Qoidadan charchagan. Arab dunyosi terrorizmdan jabr ko’rib kelmoqda va bugun ular qo’zg’olon va namoyishlar orqali buni ochiq bayon etmoqda”, - deydi musulmon faol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG