Arab Ligasi Suriya masalasida BMTdan yordam so'rashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Arab Ligasi majlis qilmoqda

Arab Ligasi majlis qilmoqda

Arab Ligasiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bugun Misrda majlis qilib, Suriyadagi ahvolni muhokama etdi. Suriya muxolifati liga kuzatuvchilar missiyasi faoliyatini tanqid qilar ekan, vazirlar guruh hisoboti bilan tanishdi.

Kecha Suriyadagi zo'ravonliklarda 21 odam o'lgan, undan bir kun oldin esa poytaxt Damashqda bomba portlab, 26 kishi nobud bo'lgan edi. Muxolifat hukumatni zulmda ayblamoqda.

Arab Ligasi Birlashgan Millatlar Tashkilotidan missiya ishida texnik yordam va maslahatchilar so'rash ustida o'ylanmoqda. Kuzatuvchilar Suriyaga ikki hafta oldin borganiga qaramay, zo'ravonliklar to'xtagani yo'q, deya shikoyat qiladi mahalliy faollar.

Ayrimlar missiyani tugatish kerak desa, Qatar Bosh vaziri Shayx Hamad bin Yassim al-Taniy nazarida kuzatuvchilarni Suriyadan chiqarish masalasi kun tartibidan joy olmagan.

Turli hisoblarga ko'ra, mamlakatda mart oyidan beri 5000-7000 atrofida odam o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG