Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

  • Amerika Ovozi

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

Arab davlatlaridagi namoyishlar oqibatida avtoritar rahbarlar birin-ketin qulamoqda.

Aholi talab qilgan demokratik islohotlarni amalga oshirish endi yangi hukumatlar zimmasida.

Xalqaro hamjamiyat “Arab bahori”ni diqqat bilan kuzatmoqda.

Yakkahokimlar bilan hamkorlik qilgan G’arb davlatlari inqilobchilar tomonda va siyosatni yangilash payti kelganini tushunib yetgan.

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

G‘arb Tunis, Misr va Liviyadagi o’zgarishlarni olqishladi. Lekin kelajak mavhum.

Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkilotining Yaqin Sharq bo’yicha bosh eksperti Filip Lyuter deydiki, bu mamlakatlarda hokimiyatga kim keladi, hukumatlar qaysi siyosiy partiyalardan tarkib topadi, degan xavotir bor.

Inson huquqlari hurmat qilinadimi? Demokratik islohotlar-chi?

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi jarayonlarni nafaqat G’arb, balki Eron va Saudiya Arabistonidagi islomiy tuzumlar ham yaqindan kuzatib turibdi.

Bir yil oldin inqilob yuz bergan Tunis nisbatan tinch. Misrda norozilik namoyishlari avjida, harbiylar hokimiyatni boy bergisi yo’q.

Liviyada isyonchilar milliy armiyaga qo’shilishdan bosh tortmoqda.

Yamanda namoyishchilar xalqaro hamjamiyat taklif etgan islohotlar dasturini rad etdi, chunki u sobiq prezidentni avf etishni ko’zda tutdi.

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

Inqiloblar ketidan huquq hurmat qilinadimi?

Suriyada vaziyat og’ir. Bahrayn va Saudiya Arabistonida ham g’alayonlar., jiddiy islohotlardan darak yo’q.

“Bu jarayonning hali uzoq davom etishini hamma tushunib yetdi. Mashaqqatli kurash. To’lqin qay tomon ketadi, bilmaymiz”, - deydi Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Entoni Skinner.

Xalqaro hamjamiyat, xususan demokratiyaga undab kelayotgan G’arb vaziyatga qarab ish tutishi aniq, deydi siyosatdonlar.

Lekin Amerika va Yevropa Ittifoqi aniq-tiniq pozitsiyada turishi, oddiy xalq hayotini yaxshilaydigan, ijobiy o’zgarishlarga yetaklaydigan strategiya bilan chiqishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG