So'rov: Arab davlatlari aholisi "Islomiy davlat"ga qarshi

  • Amerika Ovozi


12 arab mamlakatida 18 ming odam ishtirokida o'tkazilgan so'rovning ko'rsatishicha, "Islomiy davlat" terrorchi guruhiga nisbatan aholi munosabati salbiy.

Qatardagi Tadqiqotlar arab markazining aniqlashicha, Yaqin Sharqda yuzma-yuz o'tkazilgan suhbatlarda qatnashchilarning 80 foizi Iroq va Suriyada xalifalik o'rnatgan guruhni qoralashini bildirgan. Yana 9 foiz odam IShIDga nisbatan "qaysidir darajada" salbiy munosabatda ekanini aytgan.

Vashingtondagi Arab markazi direktori Xalil Jahshanning aytishicha, tadqiqotchilar butun mintaqa bo'yicha bir xil natijaga erishish uchun har bir davlatdan bir xil miqdordagi odamlarni tanlab olgan.

So'rovda qatnashganlarning 28 foizi mintaqada demokratiyani qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidlagan bo'lsa, 18 foizi Falastin mojarosiga yechim topishni, 14 foiz odam "Islomiy davlat"ga qarshi harbiy kurashni kuchaytirib, mintaqaga tashqaridan aralashuvlarga chek qo'yishni muhim deb hisoblagan.

Qatnashchilarning 62 foizi Suriyadagi urushga chek qo'yishning eng yaxshi yo'li Prezident Bashar Assadning hokimiyatdan ketishi orqali bo'lishini ta'kidlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG