Breaking News

Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011


Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011
Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011

SURIYA

Suriya qurolli kuchlari isyonlarni shafqatsiz tarzda bostirar ekan, bu mamlakat bo’ylab g’alayonlarlarning yangi to’lqiniga turtki bermoqda.

Poytaxt Damashq hamda Xoms, Hama, Deraa, Qamishli va Deir al-Zur shaharlarida bugun juma namozidan so’ng omma ko’chalarni to’ldirdi.

“Bashar al-Assadni prezident sifatida ortiq tan olmaymiz” degan shior ostida faollar hamyurtlarini ham ular safiga qo’shilishga undayapti.

Suriya xavfsizlik kuchlari odamlarga qarata o’t ochgani, 11 kishi o’lgani haqida xabarlar bor. Mamlakatga xorijiy jurnalistlar kirishi man etilgani bois aniq ma’lumot olish qiyin.

Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011
Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011

Kechaning o’zida Suriyadan yana 1,5 ming odam Turkiyaga qochgan, ayrimlar piyoda, boshqalar mashinada. Chegaradagi Xirbet al-Juz shahri bo’m-bo’sh. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga qaraganda, qochqinlar soni 12 mingdan oshdi.

Har ikki mamlakat chegara hududlarga qo’shin tortar ekan, Qo’shma Shtatlar xavotir bildirmoqda.

Yevropa Ittifoqi Bashar al-Assad ma’muriyatini qoralab, yuqori lavozimdagi 7 rasmiy va to’rt kompaniyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi.

Jami 34 kishini o’z ichiga olgan qora ro’yxatda prezident al-Assad va unga madad berayotgan Eron Inqilobiy Gvardiyasi a’zolari ham bor.

Suriyadagi vaziyat bugun Bryusselda, Yevropa Ittifoqi sammitida ko’rib chiqilmoqda.

BAHRAYN

BMT Inson huquqlari kengashiga ko’ra, Bahrayn sudi 8 faolni bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etgani “siyosiy repressiya”dan boshqa narsa emas.

Kengash rahbari Navi Pillay qirol Hamad bin Isa al-Xalifa nomiga bu borada maktub yo’llagan.

Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011
Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011

Sudlanuvchilar orasida shia mazhabiga mansub yetakchi siyosiy faollar Hasan Mushayma va Ibrohim Sharif ham bor. Ular yil boshida hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgan edi. Hokimiyatni ag’darishga uringalik aybi qo’yilmoqda.

Maxsus sudlarni tuzgan Bahrayn qirolligi inson huquqlari poymol etilayotgani haqidagi tanqidlarni inkor etadi. “Qonuniy hukumatga qarshi qurol ko’targan fuqaroga hech bir jamiyatda toqat qilinmaydi”, - deydi Bahrayn rasmiylari.

YAMAN

Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni o’rganish uchun Yamanga vakillarini yubormoqda.

Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011
Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011

Hokimiyat uchun kurash va qabivaliy tortishuvlar, shuningdek, ekstremizm avj olgan bu mamlakatda ular 10 kun davomida tekshiruv olib boradi.

Yaman rahbari Ali Abdulla Solih prezident saroyiga qilingan hujumda yaralangan edi, Saudiya Arabistonida davolanmoqda. Uning iste’fosini talab qilayotgan namoyishlar tinmayapti.

LIVYA

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi urush tufayli yaqinlaridan ajralib qolgan odamlarni oilasiga qaytarish, xavfsiz joyga ko’chirish harakatida.

Tashkilot yordamida taxminan 300 kishi kemada poytaxt Tripolidan muxolifat nazorati ostidagi Bing’ozi shahriga yetkazildi.

Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011
Arab dunyosi bir kun ichida – 24 iyun 2011

AQShning respublikachilar hukmron Vakillar Palatasida bugun Liviya mojarosiga doir rezolyutsiyalar muhokamada.

Biri harbiy operatsiyada Amerika ishtirokini cheklash to’g’risida. Ikkinchi hujjat esa shuning aksi - Muammar Qaddafiyga qarshi kampaniyani davom ettirishni ko’zlaydi.

Kongress agar moliyani kessa, Qo’shma Shtatlar Liviyada faqatgina nojangovar vazifalarni bajarishi, ya’ni qidiruv-qutqaruv, razvedka va samolyotlarni yonilg’i bilan ta’minlash ishlarida qatnasha oladi.

Ham respulikachilar, ham demokratlarning shikoyati shuki, prezident Obama Liviyadagi urush borasida Kongress bilan maslahat qilmagan. “Bu esa davlat rahbarining urush vakolatlari to’g’risidagi 1973 yilgi qonunga zid”, - deydi kongressmenlar.

Oq uy bunga javoban “biz NATOga yordamchi vazifasini o’tayapmiz xolos, Kongress ruxsati kerak emas”, deydi.

XS
SM
MD
LG