Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

  • Amerika Ovozi

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

MISR

Minglab odamlar bosh ko’tarib, demokratik islohotlar, sobiq rahbariyat ustidan jinoiy ishlar sust kechayotganidan shikoyat qilmoqda.

Poytaxt Qohiraning "Tahrir" maydonida va qator boshqa shaharlarda bugun tumonat odam, ba’zilar palatkalar o’rnatib olgan.

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Ularning aytishicha, sobiq rahbar Husni Muborak safdoshlari ustidan tergov ishlari oshkora kechmayapti. Ayrim shaharlarda namoyishchilar sud va politsiya binolariga hujum qilgan.

Odamlar yil boshidagi qo’zg’olonda qotilliklar sodir etganlik aybi bilan qamoqqa olingan politsiyachilar ozod etilganidan g’azabda. Joriy hafta sud Muborakning qo’lida ishlagan va korrupsiya gumoni bilan ushlangan uch vazirni qo’yib yuborgan.

Omma noroziligi kuchli ekan, rasmiylar kuni-kecha yuzlab politsiyachini ishdan bo’shatishga va’da bermoqda.

LIVIYA

Isyonchilar qo’lidagi Misrata shahri tevaragi hukumatga xayrixoh kuchlar tomonidan o’qqa tutilgan. Ikki kishi halok bo’lgani ma’lum.

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Sal oldin muxolifat poytaxt yaqinida ikki kichik shaharni qo’lga olgan va Tripoliga yaqinlashib qolgan edi.

Italiya esa Liviyadagi NATO reydlariga kamroq hissa qo’shadigan ekan, Bosh vazir Silvio Berluskoni bu operatsiyani shubha ostiga olmoqda.

“Urushga qarshiman. Bu amaliyot qancha davom etishi hech kimga ayon emas”, - deydi u. Alyans samolyotlari Italiyadan parvoz qilib keladi.

SURIYA

AQSh elchisi Robert Ford notinch Suriyaning Hama shahriga safar qilar ekan, bugun yarim millionga yaqin odam ko'chaga chiqqan.

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Amerika diplomati shu tariqa Suriya xalqiga hamdardlik bildirmoqda. Huquq faollari hisobicha, Hamada 450 ming odam yig’ilgan.

Suriya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Ford mahalliy rasmiylar ruxsatisiz harakat qilmoqda va bu bilan Amerika o’zga davlat tinchini buzmoqda.

Kecha poytaxt Damashq tevaragida ham hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar kuzatilgach, prezident Bashar al-Assad shaharga askar jo’natgan. Guvohlarning aytishicha, politsiya odamlarga qarata o’t ochgan.

YAMAN

Yaman prezidenti, jarohati bois Saudiya Arabistonida davolanayotgan Ali Abdulla Solih uzoq tanaffusdan keyin nihoyat xalqqa ko’rinish bergach, bugun minglab odamlar namoyish qilmoqda.

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Arab dunyosi bir kun ichida – 8 iyul 2011

Rasmiy matbuot xabariga ko’ra, chiqqanlar - prezident tarafdorlari, biroq G’arb ommaviy axborot vositalarining yoritishicha, muxolifat avtoritar rahbarga qarshi isyon ko’targan.

Oppozitsiya Solihning iste’fosini talab qilayapti, mamlakat boshi berk ko’chaga kirib qolgan.

Iyun oyi boshidagi xurujda qattiq jarohatlangan Yaman rahbari kecha Saudiya Arabistonidan turib, xalqqa videomurojaat yo’llagan. Solih isyonchilarni tanqid qilib, ularni demokratiya haqida yolg’on tasavvurga ega, dedi.

U siyosiy guruhlar bilan murosani qo’llab-quvvatlashini, qonun asosida davlatni birga boshqarishga tayyor ekanini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG