Breaking News

Erondan qochgan AQSh diplomatlari haqidagi kartina katta ekranda


"Argo" filmidan lavha
"Argo" filmidan lavha
AQSh kinoteatrlarida “Argo” nomli yangi kartina film namoyish etilmoqda. Film 1979-yili Eronda islomiy inqilob paytida AQShning Tehrondagi elchixonasidan qochgan olti nafar amerikalik qanday qilib qutqarib qolingani hikoya qilinadi.

Garovdagi diplomatlarni qutqarish operatsiyasini boshqargan Markaziy Razvedka Boshqarmasi xodimi rolini “Oskar” sovrini sohibi Ben Aflek o’ynagan. U, shuningdek, film rejissyori hamdir.

"Argo" filmi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00
Yuklab oling

Tehron, 4-noyabr, 1979-yil. AQSh elchixonasi shoh taxtdan olinishini kutmagan edi. Qo'zg'olonchilar 52 diplomatni garovga oladi. Olti amerikalik qochishga muvaffaq bo’ladi.

Qochgan diplomatlar Kanada elchisining uyiga yashirinadi. Bu orada Markaziy Razvedka Boshqarmasining agenti Toni Mendez ularni qutqarish rejasini tuzadi.

“Ilmiy-fantastik film ustida ishlayotgan kanadalik kinochilar guruhi sifatida Tehrondan chiqib ketamiz", - deydi Mendez filmda.

Gollivud prodyuseri va pardozchi yordamida Menez soxta bir film ssenariysini tuzib, shu asosda Tehronga safar uyushtiradi.

Soxta kinochilar 72 soat ichida o’zlarining yangi nomlari, tarjimai hollari va filmdagi rollarini yodlab olishi kerak bo’ladi.

“Argo” filmi haqiqiy voqealarga asoslangan.

Merilend shtatining chekka qishlog’ida tinch hayot kechirayotgan haqiqiy Toni Mendez ish faoliyatida kinodagidek qaltis operatsiyalar bilan shug’ullanganiga ishonish qiyin.

“Siz kinoda ko’rgan voqealarning aksariyati hayotda ro’y bergan. Maxfiy amaliyotlar, haqiqiy voqealarda ham Jeyms Bondlar uchrab turadi”, - deydi sobiq razvedka xodimi.

Mendez xizmatlari uchun Markaziy Razvedka Boshqarmasining oliy mukofoti bilan taqdirlangan. Ammo bu 1990-yillar boshigacha sir saqlangan.

“Dunyoni qutqarib qolsangiz ham bu haqda lom-mim demasdan jim o’tirishingiz kerak. Bu haqda hech kim bilmaydi”, - deydi Mendez.

Uzoq yil sir saqlangan ma’lumotlar bugun Gollivud kinosida, mashhur yulduz Ben Aflek ijrosida butun dunyoga tanildi. Kinoni ko’rib, sobiq razvedkachining xavfli vazifalarga jasorat bilan kirishganiga qoyil qolasiz.

Argo - Erondagi islomiy inqilob va Amerika haqida yangi film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:48 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG