BMT bolalar himoyasi yo'lida rezolyutsiya qabul qildi

  • Amerika Ovozi

Somali uzoq yillardan beri ichki urushlar domida

Somali uzoq yillardan beri ichki urushlar domida

Kuni kecha BMT Xavfsizlik Kengashi harbiy nizolar ichida yashayotgan va ularning qurboni bo’layotgan yosh bolalar taqdiri xususida maxsus rezolyutsiya qabul qildi. Unda maktablar va bolalar kasalxonalariga hujum qilgan guruhlar alohida qoralanadi.

Liviya

Liviya

BMT Bosh Kotibi Pan Gi Mun Xavfsizlik Kengashi qarorini yuqori baholab, yangi hujjatni bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash yo'lida salmoqli qadam deb atadi.

“Bu rezolyutsiya maktab va kasalxonalar nafaqat tinch hududlar bo’lishi kerakligi, balki ularga qilingan hujumlar alohida ko’rib chiqilib, mening yillik hisobotimga kiritilishi lozimligini talab qiladi. Men bunday o’zgarishni qo’llab-quvvatlayman”,- deydi u.

Hozirda BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qilayotgan Germaniya ham hujjatdan rozi.

Kongo Demokratik Respublikasida jangarilar tomonidan jinsiy tajovuzga uchragan ona va uning bolalari

Kongo Demokratik Respublikasida jangarilar tomonidan jinsiy tajovuzga uchragan ona va uning bolalari

AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays mojarolar avj olgan mamlakatlarda ayniqsa yosh avlod aziyat chekadi deydi.

Birma hukumati hali voyaga yetmagan bolalarni qurol olib isyonchilarga qarshi kurashishga majbur qilmoqda yoki Kongo Demokratik Respublikasida bolalar jangarilar qo'lida qurbon bo’lmoqda, deydi diplomat.

AQSh rasmiysi, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining yangi rezolyutsiyasi bolalar huquqlarini poymol qilayotgan guruhlar va shaxslarni jazoga tortishda yordam berishini ta’kidladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG