Armaniston, Ozarbayjon askarlari o'rtasida qonli olishuv

  • Amerika Ovozi

Arman askarlari Tog'li Qorabog'da mashq qilmoqda. 2004-yilgi surat.

Arman askarlari Tog'li Qorabog'da mashq qilmoqda. 2004-yilgi surat.

Armaniston va Ozarbayjon askarlari juma kechqurun Tog'li Qorabog'da qattiq to'qnashib, taraflar talafot ko'rgan. 1994-yilda erishilgan sulhdan beri eng qonli olishuv bu, deydi rasmiylar.

Tomonlar voqeada bir-birini ayblamoqda. Ozarbayjon 12 askari nobud bo'lganini bildirgan. Armanistonning kamida yuz nafar harbiysini yo'q qildik, deyiladi Ozarbayjon bayonotida.

Tog'li Qorabog' Ozarbayjonda joylashgan mintaqa. Hududni 1994-yildan beri isyonkor arman separatistlar va Armaniston harbiylari nazorat qiladi. O'rtada noharbiy bufer zona tomonlarni ajratib turadi.

Rossiya har ikki tarafni tinchlanishga da'vat etmoqda. Moskva Ozarbayjon va Armanistonni qurol bilan ta'minlab keladi.

To'g'li Qorabog'dagi bugungi holat xristian armanlar va musulmon turkiylar o'rtasidagi bir necha asrlik nizoning davomidir.

Ixtilof 1980-yillar oxirida qurolli to'qnashuv tusini olgan. 1991-yilda Sovet Ittifoqi qulaganidan so'ng haqiqiy urushga aylanib ketgan. Adovat taxminan 30 ming odamni hayotdan olib ketib, tomonlar 1994-yilda otishmani to'xtatishga kelishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG