Armanistonda norozilik namoyishlari tinmayapti


Yerevan, 23-iyun, 2015

Yerevan, 23-iyun, 2015

Armanistonda elektr toki narxi oshirilganiga qarshilik kuchli. G'arb davlatlari va xalqaro tashkilotlar hukumatni tinch namoyishlarni qattiqqo'llik bilan bostirmaslikka, xalq dardini tinglashga undamoqda. "Politsiya bilan bizni qo'rqita olmaysiz", - deydi Yerevanda prezident qarorgohi yonida turgan odamlar.

Poytaxt Yerevanda boshlangan norozilik boshqa shaharlariga ham yoyilgan.

Namoyishchilarning o’zlari norozilik siyosiy emas, iqtisodiy sabablarga asoslanganini ta’kidlasa-da, Armaniston navbatdagi inqilobga sahnami degan savol yangramoqda.

Aksariyati avtoritar boshqaruv ostida qolayotgan sobiq ittifoqdagi ommaviy norozilik demokratik o’zgarishlar kutayotgan jamoatchilikda umid uy’gotayotgan bo’lsa, tuzumlarda hokimyatni ag’darish istagidagi uchinchi kuchlar haqidagi gumonlar kuchaygan.

O’zbekiston matbuoti odatda ommaviy norozilik namoyishlarini chetlab o’tadi, ammo ayrim internet nashrlar Armanistondagi namoyishlar haqida yozmoqda.

Sharh.uz saytidagi maqola “Armanistonda boshlangan voqealar Ukraina ssenariysi asosidami?” deb nomlanadi.

“…voqelar xuddi Ukarinadagi kabi rivojlanmoqda. Dastlab talablar qo’yiladi, agar talablar bajarilsa, yana bevosita davlat boshqaruvi bilan bog’liq murakkamroq talabga o’tiladi. O’z o’rnida G’arb OAVlari bu voqeani muhokamalar markaziga olib chiqadi, Armanistondagi AQSh elchixonasi esa voqealarni boshqarib, tashkil etib borishni o’z zimmasiga oladi”, - deyiladi bu sharhda.

Nashr bosh muharriri Bunyod Shamsiddinov bu munosabatni faqat taxmin deb baholaydi:

“Buni faqatgina vaziyat ko’rsatadi. Biz faqat oldinda taxminlarnigina ilgari surishimiz mumkin Maqolada shunga o’xshah voqealar boshlandi degan ma’noda fikr bildirganmiz. Lekin vaziyat qanday rivojlanishi vaqt ko’rsatadi, hozir sizga aniq aytolmayman aynan shunday bo’ladi deb. Vaziyat Ukrainadagi kabi rivojlanadi degan taxminlarni aytishimiz mumkin xolos”, - deydi Bunyod Shamsiddinov.

Yerevan, 24-iyun, 2015

Yerevan, 24-iyun, 2015

Yerevan, 21-iyun, 2015

Yerevan, 21-iyun, 2015

Ukrainada faoliyat yuritayotgan qozoq muxolifat vakili Aydos Sodiqov fikricha, Armaniston voqealari aholining har qanday noroziligidan o’z hokimyatiga nisbatan tahdid ko’ruvchi Qozog’iston va O’zbekistondagi kabi rejimlarda tahlika uyg’otadi.

“Ammo bu voqealar demokratik qadriyatlarga intiluvchi jamoatchilik uchun umid beradi. Men faqat muxolifat vakillarini emas, balki o’zgarishlar kutayotgan aholining faol qatlamini ham nazarda tutayapman. Ular Armanistondagi voqealarni ijobiy qarshilashmoqda. Chunki bugun hammaga tushunarli, korrupsiya botqog’iga botgan har qanday hokimyatni qonunan, saylovlar yo’li bilan o’zgartirish imkoniyati yo’q qilingan ekan, demak, bunining boshqa choralarini qidirish kerak. O’zbekiston va Qozog’istondagi rejimlar xalq noroziligidan o’ta qo’rqadi. Bunday norozilikda har doim G’arbning qo’lini ko’radi”, - deydi Aydos Sodiqov.

Sharh.uz esa “Armaniston hukumati Ukraina voqelaridan o’ziga yarasha saboq chiqargan bo’lsa, masalani Evropa ommasi aralashuviga qadar olib bormaydi degan umiddamiz”, - deb yozadi.

“Namoyishchilarga hatto prezident bilan uchrashuvni ham tashkil qilib berishdi, lekin namoyishchilar bunga rozi bo’lmayapti. Bu yerda kimningdir manfaatlari, rejalari bo’lishi mumkin. Hozir hukumat namoyishlarni kuch bilan tarqatishga urunishi yangi namoyishlarni kengaytirshi mumkin. Bu bilan kelishuv bo’lmaydi. Bir tomon yon bosganda, ikkinchi tomon ham yon bosihi kerak”, - deydi nashr bosh muharriri Bunyod Shamsitddinov.

Yerevandagi markaziy xiyobonga 23-iyun kuni 10 mingga yaqin odam chiqqan. Politsiya ularga qarshi kuch ishlatgan. 200 dan oshiq odam, jumladan jurnalistlar ham hibsga olingan.

AQShning Armanistondagi elchixonasi namoyishlarni bostirishda politsiya haddan ortiq kuch ishlatgani, jurnalistlarga nisbatan bosim ko’rsatilgani yuzasidan tekshiruv o’tkazishga chaqirib bayonot bergan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG