Breaking News

Hindiston - qurol sohasida yetakchi importchi


Hindiston armiyasi
Hindiston armiyasi
Shvetsiyaning Xalqaro tinchlikni o’rganish instituti izlanishi natijasiga ko’ra, dunyodagi eng yirik qurol importchisi Hindiston so’nggi besh yilda oldingi besh yillikka qaraganda ikki karra ko’p qurol xarid qilgan.

Jahon qurol savdosining 14 foizi Hindiston hissasiga to’g’ri keladi. Bu keyingi ikki yirik xaridor Xitoy va Pokiston hissasidan uch marotaba ko’p, deyiladi hisobotda.

Unga ko’ra, so’nggi besh yilda oddiy qurollar savdosi jahon bo’ylab 14 foizga oshgan. Deyarli yarmini Osiyo mamlakatlari sotib olgan. Dunyoning beshta eng yirik savdogarlari qatoriga AQSh, Rossiya, Germaniya, Xitoy va Fransiya kiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG