2012-yilda global iqtisod qanchalik yaxshilanadi?

  • Amerika Ovozi

Dunyoning eng rivojlangan davlatlari moliyaviy yetishmovchilik changalida ekan, butun jahon iqtisodiyoti inqirozda, deydi mutaxassislar

Dunyoning eng rivojlangan davlatlari moliyaviy yetishmovchilik changalida ekan, butun jahon iqtisodiyoti inqirozda, deydi mutaxassislar

2011-yil butun dunyo, xususan AQSh uchun iqtisodiy jihatdan oson bo’lmadi. Xo’sh, yangi yilda bu sohada qanday o’zgarishlar, siljishlarni kutish mumkin?

2011-yilda Amerika iqtisodiyoti deyarli o’smadi. Millionlab odamlar ishsiz.

“Wells Fargo” banki bosh iqtisodchisi Mark Vitner fikricha, 2012-yil ham ancha og’ir kechadi.

"Yilning birinchi yarmida o’sish sur’ati kutilganidan pastroq bo’ladi. Inqiroz yanada chuqurlashadi degan xavotirlar bor, ayniqsa Yevropa Ittifoqidagi vaziyat yaxshilanmasa. Yil o’rtalari - yoz oxiriga borib balki biroz siljish bo’lar”,- deydi mutaxassis.

AQShda ishsizlik 8,6 foizda

AQShda ishsizlik 8,6 foizda

Yozga borib esa AQShda prezidentlik poygasi avjiga chiqadi. Xalqni qiynayotgan asosiy masala – ishsizlik. Hozirda u 8,6 foizga teng.

“Standard and Poors” moliya bozorini kuzatuvchi kompaniya vakili Bet Ann Bovino tahlilicha, yil davomida ishsizlik darajasi balandligicha qoladi.

Xitoy va Hindiston singari aholisi ko'p va jadal o'sayotgan mamlakatlar jahon bozorida katta ulushga ega, lekin Amerika, eng yirik iqtisodiy tizim, hamon krizis oqibatlari bilan kurashar ekan, uning salbiy ta'siri butun dunyo bo'ylab sezilmoqda.

Hindiston iqtisodiyoti jadal o'sib borayotgan mamlakat va jahon bozorida salmoqli o'rin va ulushga ega

Hindiston iqtisodiyoti jadal o'sib borayotgan mamlakat va jahon bozorida salmoqli o'rin va ulushga ega

Dunyoning eng rivojlangan davlatlari moliyaviy yetishmovchilik changalida ekan, global iqtisodiyot inqirozda, deydi mutaxassislar.

Ammo Vashingtondagi “Brukings” tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jorj Perri esa yaqin kelajakdan umidvor.

“Yevropada vaziyat keskin yomonlashmay, Xitoy iqtisodi o’sishda davom etsa, bundan Amerikaga naf tegadi, albatta. Ishsizlik darajasi 2012-yil oxiriga borib hozirga qaraganda pastroq bo’ladi”, - deydi Perri.

Yana bir mutaxassis Nayjel Golt fikricha, global iqtisodiyotga ta’sir qiladigan asosiy omil – yevrozonani tashkil etuvchi 17 mamlakatdagi iqtisodiy ahvol.

Yevrozona o'zini saqlab qoladimi?

Yevrozona o'zini saqlab qoladimi?

“Eng jiddiy tahdid - yevrozonadagi inqiroz va u yerdagi moliyaviy qiyinchiliklar. Chunki ular yana bir global krizisga turtki berishi mumkin,” - deydi Golt.

Yana bir boshog’riq – AQSh va boshqa mamlakatlarning tashqi qarzi.

Lekin aksariyat mutaxassislar ta’biricha, budjet xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiyot ustidan nazoratni kuchaytirish orqali vaziyatni yaqin kelajakda yaxshilab bo’lmaydi. Aksincha, deydi ular, bunday choralar ishsizlik ko’lamini oshirishi va biznes taraqqiyotining beliga tepishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG