Amerikaliklar "9-11" deganda nimani tasavvur qiladi?

  • Amerika Ovozi

Amerikaliklar "9-11" deganda nimani tasavvur qiladi?

Amerikaliklar "9-11" deganda nimani tasavvur qiladi?

XXI asr Amerika uchun qayg'uli boshlandi. 2001-yilning 11-sentabrida to'rt yo'lovchi samolyoti olib qochilib, ikkisi Nyu-Yorkda, biri Pensilvaniya shtatida, to'rtinchisi esa Virjiniyada AQSh Mudofaa vazirligi qarorgohi Pentagonga tushib portlab ketgan.

Bir kunda minglab insonlar hayotdan ko'z yumgan. Oradan 10 yil o'tib, bu fojia haqida kim nimani eslaydi? Nimalar unutildi? Nimalar o'zgardi?

Nyu-Yorkda Jahon Savdo Markaziga ikki samolyot kelib urilgan

Nyu-Yorkda Jahon Savdo Markaziga ikki samolyot kelib urilgan

Amerikaliklar 2001-yilning 11-sentabrini oddiy qilib, "9-11" deydi. Sentabr to'qqizinchi oy, 11 esa kun. 911, shuningdek, biror falokat yuz berganda yoki yordam kerak bo'lganda terilishi kerak bo'lgan telefon nomeri.

Nyu-Yorkda 11-sentabr voqealariga bag’ishlab yodgorlik va muzey bunyod etilgan.

O’sha qora kun Jahon savdo markazida xuruj asoratlariga qarshi kurashayotib jon bergan o’t ochiruvchilarning mashinasi memorial uchun ajratilgan joyga yetkazildi.

Bu mashina Nyu-York shahar O’t ochirish xizmatiga qarashli. Undagi qutqaruvchilar egizak binolar tomonga, falokat zonasiga oshiqib, odamlarga yordam bera boshlagan, lekin imorat qulab, ular ham tiriklayin ko’milgan. Mashina anchagina majaqlangan.

Bu orada, alohida guruh 11-sentabr haqidagi xotiralarni yig’ish bilan ovora. Nyu-Yorkning har yer-har yerida o’rnashib, odamlarga qog’oz-qalam ulashadi ular. Xohlagan kishi o’sha kun haqidagi taassurotlarini qog’ozga tushirishi mumkin.

Bular sevgan insonlar, yaxshi hamkasblar yoki mutlaqo begona odamlar haqidagi kechinmalar bo’lishi mumkin. Kimningdir hayoti, shahar turmushi o’shandan beri ancha o’zgargan bo’lishi ehtimodan xoli emas.

Pentagonning o'sha kuni vayron bo'lgan qismi. 190 ga yaqin kishi o'lgan.

Pentagonning o'sha kuni vayron bo'lgan qismi. 190 ga yaqin kishi o'lgan.

Xotiralari bilan bo’lishgan bir odamning yozishicha, u bolalik yillaridan katta sinflargacha derazasidan egizak binolarni ko’rib turgan. Keyin esa, deb yozadi u, binolar g’oyib bo’ldi.

Kompyuter xavfsizligi bo’yicha mutaxassis, nafaqadagi Jeyms Oshi uzun, batafsil bayonida ikki samolyotning binolarga urilishini kuzatib dahshatga tushganini aytadi.

Pensilvaniya shtatiga qulagan samolyotda 40 kishi bo'lgan

Pensilvaniya shtatiga qulagan samolyotda 40 kishi bo'lgan

“Bu voqea hayotimizni qay darajada o’zgartirib yubordi. Naqadar mudhish jinoyat! Mana shular haqida o’yladim. Bu zarba, Amerikaga hujum hech vaqt unutilmaydi, deb o’yladim”,- deydi Oshi.

Kechinmalar, esdaliklarning bari to’planib borib, nihoyat Nyu-Yorkda, bir vaqtlar egizak binolar qad ko’targan xotira bog’idan o’rin oladi. Yodgorlik shu yilning 12-sentabrida ishga tushadi. Muzey esa kelasi yil.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG