ASEAN Birmadagi zo'ravonlikka diqqat qaratmoqda

  • Amerika Ovozi

ASEAN Bosh kotibi Surin Pitsuvan guruhning Kambojada o'tayotgan 20-sammitida ishtirok etmoqda, Pnompen, 2-aprel, 2012-yil.

ASEAN Bosh kotibi Surin Pitsuvan guruhning Kambojada o'tayotgan 20-sammitida ishtirok etmoqda, Pnompen, 2-aprel, 2012-yil.

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi Bosh kotibi Surin Pitsuvanning aytishicha, Birmadagi diniy zo’ravonliklar ozchilikdagi musulmonlarni radikallashtirib, mintaqa xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.


ASEAN rahbari xalqaro hamjamiyatni chetda qarab turmay, xavfsizlikni ta’minlashda yordam berishga chaqirmoqda. Buddistlar va musulmonlar o’rtasidagi so’nggi to’qnashuvlarda o’nlab odam o’lib, o’n minglab kishilar uyini tashlab chiqishga majbur bo’ldi. Qurbonlarning aksariyati musulmonlar.

"ASEAN gumanitar yordam berishi mumkin. Biroq siyosiy masalalarga kelganda BMT kabi jahon tashkilotlari aralashmasa bo’lmaydi", - deydi Pitsuvan.

Uning aytishicha, o’z ichiga 10 davlatni olgan bu tashkilot insonparvarlik yordamini berishga tayyor.

"Ammo siyosiy barqarorlik tiklanmas ekan, bir yarim million musulmon radikal yo’lni tanlashga majbur bo’lishi mumkin", - deydi ASEAN rahbari.

BMT hisobiga ko’ra, Birma g’arbidagi Raxin shtatida 22 ming odam turar-joyini tashlab chiqqan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG