ASEAN sammitida Shimoliy Koreya, talash dengiz muhokamada

  • Amerika Ovozi

ASEANga Bruney, Kambodja, Indoneziya, Laos, malayziya, Birma, Filippin, Singapur, Tailand va Vyetnam a’zo

ASEANga Bruney, Kambodja, Indoneziya, Laos, malayziya, Birma, Filippin, Singapur, Tailand va Vyetnam a’zo

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi – ASEANga a’zo 10 davlat rahbarlari Kambodjada ikki kunlik sammitga yig’ilgan. Talash dengiz hududlari va Shimoliy Koreya rejalagan raketa sinovi kun tartibidagi asosiy mavzulardan.

Kambodja prezidenti Xun Sen poytaxt Pnompendagi majlisni ochar ekan, iqtisodiy muammolarga e’tibor qaratdi va kambag’al-boy davlatlar orasidagi tafovutni kamaytirishga undadi. „Birlashib, Xitoy va Hindiston kabi gigantlar bilan bellasha olishimiz kerak“, - deydi u.

ASEANga a’zo davlatlar kelasi uch yilda Yevropa singari yagona savdo zonasini yaratishni rejalamoqda. Lekin qator mamlakatlar oldin xavfsizlik, potensial mojarolar masalasini yechaylik, deydi.

Filippin, Vyetnam, Malayziya va Bruney kabi davlatlar tabiiy zaxiralarga boy Janubiy Osiyo dengiziga da’vogar. Lekin mintaqada kuch-qudrati ustun Xitoy hududning katta qismini o’ziniki hisoblaydi. Filippin va Vyetnam Xitoy kemalarini dengiz sarhadlarini buzib, qo’shnilarning savdosiga to’sqinlik qilayotganlikda ayblaydi.

Shuningdek, ASEAN ning qaror a’zolari joriy oy Shimoliy Koreya raketa uchirmoqchi ekanidan xavotirda. Rasmiy Pxenyan orbitaga ob-havoni kuzatuvchi yo’ldosh parvoz qiladi, deydi, lekin Qo’shma Shtatlar va boshqa davlatlar nazarida maqsad radro quroli tashiy oladigan raketani sinovdan o’tkazishdir.

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari yakshanba kuni safdosh nochor Birmada o’tgan parlament saylovlarini olqishladi. Muxolifat yetakchisi Ang San Su Chining partiyasi qonunchilik organida 40 o’rinni qo’lga kiritgani o’zgarishlarga yuz tutgan bu yopiq jamiyat uchun yutuq, deydi qo’shnilar. ASEANga Bruney, Kambodja, Indoneziya, Laos, malayziya, Birma, Filippin, Singapur, Tailand va Vyetnam a’zo.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG