Osiyo banki urbanizatsiyaning salbiy va ijobiy tomonlari haqida ogohlantirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy poytaxti Pekin

Xitoy poytaxti Pekin

Osiyo taraqqiyot banki tayyorlagan yangi hisobotga ko’ra, qit’a davlatlari atrof-muhit muhofazasi uchun chora ko’rmas ekan, toshqinlar ko’payib, atmosfera tobora zararlanib boraverad.

Hisobotda aytilishicha, Osiyoda urbanizatsiya sur’ati boshqa qit’alarga qaraganda tez. Dunyodagi shaharliklarning yarmi Osiyoda yashashi ma’lum bo’ldi. Yana 10 yildan so’ng dunyoning 37 eng yirik shahridan 21 tasi Osiyoda bo’ladi.

Biroq, deyiladi hisobotda, urbanizatsiyaning kuchayishi atrof-muhit zararlanishi, xarobalarning ko’payishi, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikning oshishiga yetaklaydi.

Bularning oldi olinmas ekan, Osiyo shaharlaridagi 350 million aholi 2025-yilga borib suv ostida qolishi mumkin.
Biroq shaharlarning tabiiy ofatlar paytida qulayligi shuki, aholi bir-biriga yaqin yashagani uchun gumanitar yordam ko’rsatish oson va arzon bo’ladi.

Bundan tashqari urbanizatsiya ta’lim saviyasining oshishi, o’rta sinfning o’sishi va tug’ilish sur’atining kamayishiga olib boradi, bu esa, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki hisobotida, ekologiyaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG