Saylovlar Trans Tinch okeani savdo bitimini imzolashga imkon bermayapti

  • Amerika Ovozi

Trans Tinch okeani hamkorligi savdo bitimi bo'yicha gaplashgan 12 mamlakat vazirlari Gavayida matbuot anjumanida qatnashmoqda, 31-iyul, 2015-yil

Trans Tinch okeani hamkorligi savdo bitimi bo'yicha gaplashgan 12 mamlakat vazirlari Gavayida matbuot anjumanida qatnashmoqda, 31-iyul, 2015-yil

Trans Tinch okeani hamkorligi savdo bitimi bo'yicha gaplashgan 12 mamlakat yakuniy muzokaralarni qachon o'tkazish kerakligi xususida kelisha olmayapti. Muloqotning so'nggi bosqichi o'tgan hafta AQShning Gavayi shtatida o'tishi kerak edi.

“Ayrim mamlakatlarda saylov mavsumi bo'lgani uchun muzokara vaqtini belgilash oson bo'lmayapti", - deydi Osiyo savdo markazi direktori Debora Elms.

19-oktabr kuni Kanadada umumiy saylovlar bo'lib o'tadi va saylov kampaniyasi kecha boshlangan.

2016-yil yanvarida esa AQShda ichki partiyaviy saylov kampaniyasiga start beriladi. Muzokarachilar oy oxirida bitim yuzasidan kelishishga muvaffaq bo'lsa-da, deydi Elms, Kongress savdo qoidalarini tasdiqlashi lozim, biroq qonunchilarda buning uchun Yangi yilgacha ko'p vaqt bo'lmaydi.

“Ta'tildan qaytgach esa saylov kampaniyasi boshlanadi va hech kim bu davrda savdo bitimi bo'yicha ovoz berishni istamaydi", - deydi mutaxassis.

Avstraliya Savdo vaziri Endryu Robbning aytishicha, tomonlar bir necha haftadan so'ng yana uchrashishga kelishib oldi.

Bitim yuzasidan Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vyetnam muzokara qilmoqda. Jahon savdosining 40 foizi shu davlatlar hissasiga to'g'ri keladi. Guruhga Kolumbiya, Filippin, Janubiy Koreya va Tailand ham qo'shilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG