Azimjon Asqarov bir umrga ozodlikdan mahrum etildi

  • Amerika Ovozi

Azimjon Asqarov shu yilning iyun oyida O'sh va Jalol-Oboddagi qirg'indan ketin hisbga olingan edi

Azimjon Asqarov shu yilning iyun oyida O'sh va Jalol-Oboddagi qirg'indan ketin hisbga olingan edi

Qirg’izistonda o’zbek huquq himoyachisi Azimjon Asqarovga umrbod qamoq jazosi berilgan. Sud uni yoz boshida janubda elatlararo adovat urug’ini sochganlik va militsiya xodimini o’ldirganlikda aybdor deb topgan.

Inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Amnistiya tashkiloti Asqarovga berilgan jazoni qoralamoqda. Tashkilot nazarida ayblovlar asossiz va huquq faoli zudlik bilan ozod etilishi kerak.

Xalqaro Amnistiya xodimlarining aytishicha, Qirg’iziston hukumati “Vozdux” nomli huquq idorasini boshqargan Asqarovning nomini bolg'amoqchi, chunki u janubdagi qirg’in, o’zbeklarga qarshi hujumlar va qirg’iz huquq-tartibot xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlarini suratga olib borgan.

Boshqa ko'plab xalqaro tashkilotlar ham Asqarovning ishi qayta ko’rib chiqilishini talab qilmoqda. Ularning aniqlashicha, sudlanuvchi qamoqda qiynoqqa solingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG