Huquq faollari Yevropa Ittifoqidan Qirg'iziston rahbariga bosim qo'yishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Parijda Fransiya Prezident Fransua Olland bilan matbuot anjumanida qatnashmoqda, 25-mart, 2015-yil

Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Parijda Fransiya Prezident Fransua Olland bilan matbuot anjumanida qatnashmoqda, 25-mart, 2015-yil

Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Yevropa bo'ylab safar qilmoqda. U chorshanba va payshanba kunlari Belgiya, Germaniya, Fransiya va Shveysariya bo'ladi.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar Yevropa Ittifoqidan Atambayev bilan uchrashuvlarda inson huquqlari masalasiga urg'u berishni so'ramoqda.

Qator nodavlat guruhlar Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Jan Klod Yunker va Yevropa Parlamenti Prezidenti Martin Shultsga shu mazmunda maktub yo'llagan.

Unda aytilishicha, Yevropa Ittifoqining uch prezidenti Atambayev bilan uchrashuvlarda Qirg'izistonda mavjud inson huquqlariga doir muammolarni ko'tarishi zarur.

Bu tashkilotlarga ko'ra, ayni damda Qirg'iziston parlamentida ikki qonun loyihasi ko'rilmoqda. Ulardan biri xorijdan moliyaviy yordam olayotgan nodavlat tashkilotlarni "xorijiy agent" deb, ularning faoliyatiga chek qo'yishi mumkin. Ikkinchi hujjat esa noan'anaviy jinsiy aloqalar targ'ibotini man qilishga qaratilgan.

Maktubda 2010-yil O'sh voqealari ketidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosini o'tayotgan Azimjon Asqarovning ishi ham tilga olingan. Inson huquqlari bo'yicha Xelsinki jamg'armasi vakili Lenur Kerimovning aytishicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Qirg'iziston rahbarini adolatli bo'lishga va Asqarovni ozod etishga chaqirishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG