Atambayev sog'ligi yomonlashib, BMT sammitiga bormadi

  • Amerika Ovozi

Qirg'iziston rahbari salomatligi yomonlashib Birlashgan Millatlar Tashkiloti sammitiga bormagan. Almazbek Atambayevning matbuot xizmati shu haqda xabar qildi.

60 yoshli Atambayev Bishkekdan Nyu-Yorkka yo'lga chiqqan, biroq Istanbul aeroportida ahvoli og'irlashgan.

Prezident yuragi og'riyotganidan shikoyat qilgan. Shifokorlar uni ko'rikdan o'tkazib, zudlik bilan batafsil tibbiy tekshiruvdan o'tishi lozim ekanini aytgan.

"Dastlabki natijalarga ko'ra, uning yuragida xastalik alomatlari aniqlangan. Prezident hozir shifokorlar nazoratida", - deyiladi matbuot xizmatining bayonotida. U 1-oktabrdan keyin ishga qaytadi, deyiladi unda.

Nyu-Yorkda BMT sammitida Qirg'iziston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev boshchilik qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG