Yengil atletikachilar medallarni g'irromlik bilan yutganlikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxning aytishicha, sportchilarning doping qabul qilgani aniqlanmaguncha, har biri aybsiz hisoblanadi. Yangi hisobotga ko'ra, 2001-yildan 2012-yilgacha bo'lgan davr mobaynida Olimpiya o'yinlari va Jahon chempionatlarida 146 medalni qo'lga kiritgan sportchilar qon analizlari shubhali ko'ringan. Shulardan 55 tasi oltin medal.

“Qo'mita g'irromga toqat qilmaydi", - dedi Bax.

Dopingga qarshi xalqaro agentlik rahbari Kreg Ridining aytishicha, hisobotda keltirilgan da'volar tekshiriladi.

Britaniyaning "Sunday Times" gazetasi va Germaniyaning ARD telekanali 11 yil davomida yirik xalqaro musobaqalarda natija ko'rsatgan 5000 sportchining qon analizi ma'lumotlarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Xulosa qilinishicha, 800 sportchining qon analizi shubhali ko'ringan. Bu ikki matbuot sportchilarni jismoniy salohiyatini oshirish uchun man qilingan preparatlar qabul qilib, g'irromlik bilan medallarni qo'lga kiritganlikda ayblamoqda.

Rossiya, Ukraina, Marokash, Ispaniya, Keniya va Turkiya vakillari orasida noqonuniy harakatlar ko'p uchragani aytiladi. Keniya Yengil atletika federatsiyasi "Sunday Times" va ARD ni sudga bermoqchi.

Ayrim sport mutasaddilariga ko'ra, ba'zi guruhlar bu bilan medallarni qayta taqsimlanishiga erishmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG