Nobeldan 21 yil o'tib, sovrindor Osloda nutq so'zladi

  • Amerika Ovozi

Oslo, 16-iyun, 2012

Oslo, 16-iyun, 2012

Tinchlik uchun Nobel mukofoti olganidan 21 yil o’tib, Birma Demokratik Ligasi yetakchisi Aung San Su Chiy bugun Norvegiya poytaxti Oslodan turib, oliy sovrin uchun minnatdorchilik bildirdi.


Nobel berilganida lider vatanidan chiqa olmagan edi, uy qamog’ida edi.

“Meni u paytlarda tashqi dunyodan uzib qo’yishgan, umidsiz bir holatda edim. Nobel menga nafaqat umid va ilhom bag’ishlagan, balki kuch-g’ayrat bergan. O’rnimdan turib, xalqim uchun nima qila olishim mumkinligi haqida o’ylaganman”, -deya so’zladi Aung San Su Chiy.

Aung San Su Chiy uzoq yillar hibsda edi

Aung San Su Chiy uzoq yillar hibsda edi

Siyosiy mahbuslarga, deydi u, hech bir jamiyatda o’rin yo’q. Siyosiy fikri uchun odamlarni zindonga tashlash bugungi zamonga to’g’ri kelmaydi.

Birma hukumati siyosiy islohotlar boshlab, mamlakatni tashqi dunyoga ochgan. Demokratik o’zgarishlarga tayyor ekanini aytmoqda.

Siyosiy mahbuslar ozod etilmoqda, lekin qamoqda hali ular ko’p, deya eslatdi Aung San Su Chiy.

Uning o’zi 2010-yilgacha uy qamog’ida edi. Lider 17 kun davomida Yevropa bo’ylab safarda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG