Avstraliya Afg’onistondagi harbiy amaliyotni tugatmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg’onistondagi mojaroda bu davlat 40 zobitidan ayrilib, 260 nafari jarohatlandi.

Afg’onistondagi mojaroda bu davlat 40 zobitidan ayrilib, 260 nafari jarohatlandi.

Avstraliya Bosh vaziri Toni Abbot kutilmaganda Afg’onistonga safar qilib, harbiy missiya tugaganini e’lon qildi. Bu davlatning taxminan ming askari yil oxirigacha vataniga qaytishi kutilmoqda.

Abbot Uruzgon viloyatida tantanali marosimda so’zlayotib, Afg’oniston hamon xatarli manzillardan biri bo’lib qolayotganini afsus bilan qayd etdi.

Afg’on xalqi va yurtini qo’llab-quvvatlashda davom etamiz, deydi bosh vazir. Xususan, Avstraliyaning bir necha yuz harbiysi mahalliy armiya malakasini oshirishni bo’yniga olgan.

“Avstraliya uchun bu urush g’alaba yoki mag’lubiyatni anglatmaydi. Balki bu davlat bugun mustahkamroq ekanida bizning ham hissamiz bor degan umiddamiz”, - dedi Toni Abbot.

Avstraliya qo’shinlari, jumladan, 200 maktab, kasalxonani qurishda va yo’llarni ta’mirlashda yordam bergan. Shu bilan birga, urushda qattiq talofatlar ko’rildi.

Afg’onistondagi mojaroda bu davlat 40 zobitidan ayrilib, 260 nafari jarohatlandi. Kanberra hisob-kitobiga ko’ra, urushga Avstraliya 7 milliard dollar sarflagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG