Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

  • Amerika Ovozi

Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashiga ikki yilga saylandi. Bosh Assambleyada o'tgan ovoz berish jarayonida 155 davlat ishtirok etgan.

Saylov jarayonidan shikoyat qilgan Sloveniya nomzodini qaytarib olgach, Ozarbayjon Sharqiy Yevropadan saylanishga muvaffaq bo'ldi. A'zolik kelasi yildan boshlanadi.

Xavfsizlik Kengashida besh doimiy a'zo bor. Bular yadro quroliga ega deb rasman tan olingan davlatlar - Britaniya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Rossiya hamda ikki yilga saylanadigan vaqtinchalik 10 a'zo.

Kelasi yildan boshlab Ozarbayjonga Gvatemala, Marokash, Pokiston, Togo ham yangi a'zo sifatida qo'shiladi. Kolumbiya, Germaniya, Hindiston, Portugaliya va Janubiy Afrikaning muddati esa 2012-yil oxirida tugaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG