Hibsdagi jurnalist o'z tekshiruvlarini davom ettirish niyatida

  • Amerika Ovozi

Xadicha Ismoilova bir necha oydan beri panjara ortida

Xadicha Ismoilova bir necha oydan beri panjara ortida

Hukumatdagi korrupsiya haqida surishtiruv olib borgani uchun hibsga olingan ozarbayjonlik jurnalist o'z tekshiruvlarini bundan buyon ham davom ettirish niyatida.

"Ozodlik" radiosi muxbiri Hadicha Ismoilova qamoqdan shundan yozdi: "Mustabid tuzumning xatoligini isbotlashning yagona yo'li korrupsiyani fosh etishda davom etishdir".

Ismoilova o'tgan yili dekabr oyida hamkasbini o'zini o'ldirishga undaganlik aybi bilan hibsga olingan edi. Aslida esa davlat rahbari Ilhom Aliyev oilasiga qarashli bizneslarni taftish qilgani asosiy sabab deb ko'riladi.

Ismoilova soliqdan bo'yin tovlash, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug'ullanish va o'z vakolatini suiiste'mol qilish kabi ayblovlar bilan yuzlashmoqda. Aybdor deb topilsa, u 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ismoilova deydiki, Ozarbayjonda korrupsiya prezidentdan boshlanib, eng quyi mansabgacha bo'lgan tizimni qamrab oladi.

"Bu - pul va kuch bilan har qanday jinoyatni yopish mumkin bo'lgan, haqiqat va yolg'onning o'rni almashib qolgan mamlakatdir", - deb yozadi u.

"Ozodlik" radiosi va "Amerika ovozi" kiradigan agentlik - AQSh xalqaro teleradio kengashi rahbari Jeff Shell nazarida Ozarbayjon hukumati matbuot erkinligiga jiddiy tahdid solmoqda.

Ismoilovaning oila a'zolariga uni ko'rishga ruxsat berilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG