Breaking News

Bag'doddagi xurujlarda kamida 124 odam o'lgan


Portlash yuz bergan Karrada savdo markazi, Bag'dod, 3-iyul, 2016-yil
Portlash yuz bergan Karrada savdo markazi, Bag'dod, 3-iyul, 2016-yil

Yakshanba kuni Iroq poytaxti Bag'dodning gavjum savdo markazi yonida turgan mashina portlab, kamida 119 odam o'lgan, 170 nafari jarohat olgan. Bu yil boshidan beri Bag'doddagi eng qonli xuruj.

"Islomiy davlat" terrorchi to'dasi Karrada tumanida sodir etilgan voqea ortida turganini, asosan, shialar nishonga olinganini tan oldi.

Iroq Bosh vaziri Haydar Abadiy xurujdan bir necha soat o'tgach, Karradaga bordi.

Shu kun Bag'dodning sharqiy qismidagi Shaab tumanida ham portlash yuz bergan. Besh odamning o'lgani, 16 kishining yaralangani haqida xabar qilinmoqda. Bu xuruj ortida kim turgani ma'lum emas hozircha.

Iroq Mudofaa vaziri Xolid Ubaydiy AQSh elchisi Styuart Jon uchrashib, Daishga qarshi hamkorlikni kuchaytirish xususida gaplashgan.

Rim Papasi Fransisk 1-iyul kuni Bangladesh poytaxti Dakka va Bag'doddagi xurujlarda qurbon bo'lganlarni o'z ibodatida yod oldi. Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida to'plangan o'n minglab odam oldida ma'ruza qilgan pontifik xaloyiqni u bilan birga ibodat qilishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG