Norozilik namoyishlari davom etadi, deydi "Birdamlik" lideri


Birdamlik namoyishi, Vashington

Birdamlik namoyishi, Vashington

"Birdamlik" harakati rahbari Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev bir necha kun oldin O'zbekistonda hibsga olingan va jinsiy tajovuzda ayblanmoqda.

Bugungi hayoti va biznesi asoslangan Missuri shtatidan 13-14 soat yo'l bosib, Vashingtonga kelgan va Amerika ahli va hukumatiga murojaat qilib, yordam so'rayotgan Choriyev deydiki, Islom Karimov boshliq diktatura o'g'ilning siyosiy faoliyati, muxolif qarashlari uchun alamni uning 71 yoshli otasida olmoqda. 19 yoshli qizni zo'rlagan degan ayblovlar soxta, tuhmat, deydi u.

Norozilik namoyishlari qanday o'tdi? Amerika aynan qanday yordam berishi mumkin? "Birdamlik" va Choriyevning maqsadi nima?

Savollarga javoblar quyidagi intervyuda:


Missuri shtatidan Vashingtongacha 13-14 soat yo'l... Yuk mashinalarda siyosiy namoyish

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG