Breaking News

Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida


Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida
Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida

Bahraynda politsiya bilan to’qnashuvlarda halok bo’lgan namoyishchilar dafn etildi. Poytaxt Manamada olomon hukmdorlarga la’nat aytib, ularni qatliomda ayblamoqda.

Xabarlarga qaraganda, xavfsizlik kuchlari dafn marosimidan qaytayotgan odamlarga qarata o’q uzgan. Guvohlar o’nlab odam jarohat olganini aytadi.

Kecha poytaxtning “Marvarid” maydonida namoyishchilarga qarshi tungi hujumda 5 kishi halok bo’lgan edi, 200 dan ziyod odam jarohat olgan.

Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida
Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida

Bahrayn poytaxti hozir harbiylar nazoratida. Bank va boshqa muassasalar yopiq. Ichki ishlar vazirligi odamlarni ko’chaga chiqmang deb ogohlantirgan.

Namoyishchilar ularga qarshi kuch qo’llanganidan dahshatda. “Biz hech kimga ziyon qilganimiz yo’q. Armiya ertalab soat uchda qo’qqisdan bizga hujum qildi”, - deydi ular.

Rasmiylar poytaxt markazi, Misrda bo’lgani kabi, norozilik minbariga aylanishiga yo’l qo’ymoqchi emas. Muxolif guruhlar qo’shni davlatdagi inqilobdan ruhlanganini aytadi.

Bahrayn Ozodlik harakati rahbari Soib Shahobiyning tushuntirishicha, xalqni bosh ko’tarishga undayotgan omillar butun mintaqaga taalluqli, ya’ni hukumatlar oddiy xalq bilan hisoblashmaydi.

Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida
Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida

O’lka aholisining katta qismini tashkil etgan shialar “sunniy hukmdorlar biz bilan teng muomala qilmaydi”, deb shikoyat qiladi. Ular 1971 yildan beri bosh vazirlikda o‘tirgan Xalifa bin Salmon va butun hukumat ketsin, degan talab qo’ymoqda.

Qirollik mazhablar-aro xunrezlikning oldini olish uchun qattiq choralar ko’rishga majburmiz, deya kechagi hujumni himoya qilmoqda.

Tahlilchi Jeyn Kininmont deydiki, Bahrayn kichik bo’lsa-da, Saudiya Arabistoni va Eron orasida joylashgan, AQSh qo’shinlariga mezbon stragetik davlat. “Bu o’lkadagi namoyishchlar Saudiya qirolligini tashvishga solishi tabiiy”.

Obama ma’muriyati ittifoqchi davlatni namoyishchilarga qarshi kuch qo’llamaslikka undamoqda.

“Muammoni kuch bilan hal etib bo’lmaydi. Mintaqadagi barcha hukumatlarga maslahatimiz - fuqaro dardiga quloq tuting”, - deydi Oq uy so’zlovchisi Jey Karni.

Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida
Bahraynda namoyishchilar o’qqa tutilgan, poytaxt armiya nazoratida

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Mudofaa vaziri Robert Geyts o’z hamkasblari bilan telefon muloqotda ham xuddi shu chaqiriqni yetkazgan.

“Bahrayn Qo’shma Shtatlarning uzoq yillik do’sti va hamkori. Hukumat tinchlik va xavfsizlik uchun javobgar ekanini tushunamiz. Kelishmovchiliklar bosiqlik bilan va dialog orqali hal etilishi va tub islohotlarni ko’zlashi tarafdorimiz”, - deydi Klinton.

Obama ma’muriyati bu orada Misrda demokratik jarayonlarni quvvatlash uchun bu davlatga yordamni oshirmoqda. Qariyb 1,5 milliard dollarlik yillik madad ustiga yana 150 million dollar qo’shiladi.

AQSh rasmiylari yaqin orada Qohiraga yo’l olib, mablag’ni qanday va qaysi loyihalarga yo’naltirish haqida gaplashmoqchi.

XS
SM
MD
LG